Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Xo‘jayli tumanida joylashgan “P.Xalmuratov” nasos stansiyasida kuzgi-qishki tadbirlar doirasida nasos stansiyalar agregatlarini ta’mirlash ishlarini tashkil etish, elektr energiyasidan samarali foydalanish kuz mavsumida ko‘chat ekishga yer tayorlash ishlarini olib borish masalalari muhokama etildi.

Ko‘rgazmali seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirda Boshqarma boshlig‘i v.v.b N.Aralbayev so‘z olib, Prezident qarorlarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga oid vazifalar ijrosi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan har hafta muhokama etilishi belgilab berilgan chora-tadbirlar, eski nasos agregatlari va uskunalarni zamonaviy energo tejamkor qurilmalarga almashtirish yuzasidan bajariladigan ishlarni tushuntirib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda Boshqarmaning energetika xizmati bo‘limi boshlig‘i Q.Aliyev elektr energiyasidan samarali foydalanish va iqtisod qilish tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Ta’kidlanishicha, hozirgi kungacha 8 dona nasos, 23 dona elektrodvigatel, 39 dona kondensator o‘rnatilganligi hisobidan yiliga o‘rtacha 757,178 ming kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishilgan. Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Seminar ishida nasos stansiyalarda 2025-2026 yillar kuzgi-qishgi mavsumda rejalashtirilgan nasos agregatlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini sifatli bajarish
qish mavsumida nasos agregatlarini soz holatda talofatsiz ishlatish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, nasos stansiyasi atrofida yordamchi xo‘jaliklarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Nasos stansiyasi atrofidagi yerlarga to‘qsonbosti ekinni ekish ishlari olip borildi.
Mas’ullar «Xo‘jayli-Taxiatosh» bo‘limi boshlig‘i S.Qujanovga hududdagi barcha nasos stansiyalarida atrofida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etib, xodimlarning sharoitlarini yaxshilash, qo‘shimcha rag‘batlantirib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati