Sohasini raqamlashtirish bo‘yicha “Dolzarb bir oylik” e’lon qilindi

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-oktabrda “Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Ushbu Farmonda respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, suv iste’molchilari, sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish, suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish kabi asosiy vazifalar belgilangan.

Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan vazifalarni tizimli tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yilning 30-oktabridan «Dolzarb bir oylik» e’lon qilindi.

-Suv xo‘jaligi obyektlariga o‘rnatilgan raqamli qurilmalar va suv o‘lchash vositalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Urazimbetov. –  Ushbu dasturda eng birinchi navbatda suv xo‘jaligi obyektlariga o‘rnatilgan «Aqlli suv», meliorativ quduqlaridagi «Dayver», nasos agregatlaridagi  elektr va suv sarfi bo‘yicha ma’lumot uzatuvchi “Onlayin qurilma”larning hozirgi holati o‘rganilib, ularning hamda suv o‘lchash vositalari (gidropost) atrofini obodonlashtirish  belgilangan.

Bunda qurilmalar ustinlarini zangdan tozalash va «ko‘k rangli» bo‘yoq bilan rang berish, «Dayver» quduqlariga «oq rang» berish va raqamlash belgilandi. Shuningdek, «Aqlli suv» qurilmalarning sifatli ishlashi uchun ariqlarda o‘zgarmas o‘zan tashkil etish, qurilma o‘rnatilgan qismini betonlashtirish belgilandi.

Suv xo‘jaligi obyektlarida o‘rnatilgan «Aqlli suv», «Dayver», «Onlain» qurilmalarni, shuningdek, suv o‘lchash postlari ishchi holatga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Qurilmalardagi muddati tugagan sim kartalarni va eskirgan akkumulyatorni yangilash hamda pasport hujjatlari mavjudligini tekshirish, shu bilan birga qurilmalar vazirlik servera haqqoniy ma’lumotlar uzatilayotganini tekshirib ko‘rish kabi vazifalar belgilanib, ishlar boshlandi.

O‘rganishlarda aniqlangan holatlar bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan nuqson dalalotnomalar rasmiylashtiriladi. Shuningdek, bu nuqsonlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan hududlardagi tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berilmoqda.

Ha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilingan «Dolzarb bir oylik» chora-tadbirlar dasturi ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan tashkilot rahbarlariga qonunchilikda belgilangan tartibda keskin choralar ko‘rish nazarda tutilmoqda. Hozirda, barcha hududlarda raqamli qurilmalarning holati ko‘zdan kechirilib, atroflarini tozalash, axborot uzatish holatlari o‘rganishi boshlandi.

G‘.Otajonov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi