“Xayranli” kanalida rekonstruksiya ishlari o‘rganildi

“Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i R. Raximov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari T. Madireymov Xo‘jayli tumanidagi “Xayranli” kanalini rekonstruksiya qilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Mazkur obyektda umumiy qiymati 26,208 mlrd so‘m bo‘lgan, uzunligi 21,9 kilometrlik kanalni betonlashtirish belgilangan. Obyektning loyiha hujjatlari “UNIVERSAL COMPLEX PROJECT” MCHJ sho‘ba korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Obyektning bosh pudratchisi — “VORIS CHINA” MCHJ QK. Bosh pudratchi tomonidan joriy yilning 1 oktabr holatiga 11,4 kilometr uzunlikda beton yotqizish ishlari bajarilgan.


Shuningdek, yillik shartnoma qiymati 14,5 mlrd so‘m bo‘lib, belgilangan ishlar hajmining 54 foizi bajarilgan.


O‘rganish davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilinib, qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, ish sur’atini jadallashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati