Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024 yilda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish rekonstruksiya qilish ta’mirlash tiklash ishlari bo‘yicha MA’LUMOTLAR

2024-yil 1-aprel holatiga

Melioratsiya obyektlarida qurish va rekonstruksiya ishlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2024-yilga markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan meliorativ obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda 2024 yili 7 ta obyektda (yildan-yilga o‘tuvchi 2 ta obyektda 19,7 km
21 mlrd. 336 mln.so‘mlik, yangidan boshlanuvchi 5 ta obyektda 57,0 km, 11 mlrd. 914 mln.so‘mlik)
jami 76,7 km uzunlikdagi 40 mlrd. 873 mln. so‘mlik kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirildi.

Amalda 7 mlrd 222,3 mln.so‘mlik 17,8 km kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi (kalendar rejaga nisbatan 149 %,
yillik rejaga nisbatan 18 %).

  • Melioratsiya obyektlarida ta’mirlashtiklash ishlari.

Meliorativ obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlarida 2024 yilda
14 obyektda
(yildan-yilga o‘tuvchi 10 ta obyektda 80,2 km 2 mlrd.
383,0 mln.so‘mlik, yangidan boshlanuvchi 4 ta obyektda 65,0 km, 9 mlrd.
358 mln.so‘mlik
) jami 145,2 km uzunlikdagi 11 mlrd. 741 mln so‘mlik kollektor tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlari rejalashtirildi.

Amalda 1 mlrd 394,2 mln.so‘mlik 53,2 km uzunlikdagi ta’mirlash-tiklash ishlari olib borildi (kalendar rejaga nisbatan 71 %, yillik rejaga
nisbatan 12 %).

Qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish evaziga 19,1 ming gektar yer maydonining meliorativ holati yaxshilanishiga erishiladi.

–     Irrigatsiya obyektlarida qurish va rekonstruksiya ishlari.

Irrigatsiya obyektlarida qurish va rekonstruksiya ishlarida
202
4 yilda 13 obyektda (yildan-yilga o‘tuvchi 6 ta obyektda, 36,7 km va
3.0 m3/sek, 37
mlrd. 611,6 mln.so‘mlik, yangidan boshlanuvchi 7 ta obyektda
93,6 km 40 mlrd. 837 mln.so‘mlik)
jami 78 mlrd. 448,4 mln. so‘mlik 130,3 km uzunlikdagi kanallarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirildi.

Amalda 43 mlrd. 236 mln.so‘mlik 90,9 km kanallarni betonlash va qurish, rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi (kalendar rejaga nisbatan 213%,
yillik rejaga nisbatan 55%).

Betonlash va qurish, rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish evaziga 27,5 ming gektar yer maydonining suv ta’minoti yaxshilanishiga erishiladi.