Qoraqalpogʻiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati to‘g‘risida MA’LUMOTLAR

2024-yil 1-aprel holatiga

      Respublikamizda sug‘oriladigan 517 ming 17 ga yer maydonlari mavjud bshlib shundan 2023-yilda Meliorativ ekspeditsiya mutahasisslari yerlarning meliorativ holatini aniqlash maqsadida toʻproq namunalari olinib, laboratoriya sharoyitida xim analiz ishlari olib borilganida 149 ming 102 ga (sugʻoriladigan maydonga nisbatan 29%) sho‘rlanmagan, 367 ming 915 ga (sugʻoriladigan maydonga nisbatan 71%) maydonlar turli darajada sho‘rlanganligi aniqlandi. Shundan, 167 ming 526 ga (sugʻoriladigan maydonga nisbatan 32%) kuchsiz sho‘rlangan maydon, 180 ming 351 ga (sugʻoriladigan maydonga nisbatan 35%) o‘rta sho‘rlangan maydon, 20 ming 38 ga (sugʻoriladigan maydonga nisbatan 4%) kuchli sho‘rlanganligi maydon ekanligi aniqlandi.