Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan Davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha MA’LUMOT

2024-yil 1-aprel holatiga

Qoraqalpog‘iston hamda Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga berish bu‘yicha qiymati 93,4 mlrd so‘mlik jami 27 ta loyiha bitimlari imzolangan.
Bitim shartlariga ko‘ra xususiy sheriklar tomonidan 2021-2022 yillarda 27 ta loyiha doirasida 15,422,0 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘lari kiritilishi belgilangan.
2020-2023 yillarda 14 ta loyiha yuzasidan 3,242,2 mlrd.so‘m (21%) investitsiya mablag‘lari kiritildi. Ya’ni bitim shartlarida kelishilganidan o‘z muddatlarida xususiy sheriklar tomonidan 12 199,9 mlrd.so‘m (79%) so‘mlik investitsiya mablag‘lari kiritilmadi. Shundan fermer xo‘jaliklari kesiminda:
Bitimlar asosida o‘z muddatlarida kiritilmagan investitsiya mablag‘larini o‘ndirish maqsadida 2 ta loyiha bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar Sud organlariga da’vo arizalar kiritildi. Qolgan 11 ta loyihalar bo‘yicha xususiy sheriklar tomonidan investitsiya mablag‘lari kiritilmaganligi yuzasidan ogoxlantirish xatlari yuborilb, investitsiya mablag‘larini kiritish yuzasidan kafolat xatlari olinmoqda.
2023 yilda jami 25 ta nasos stansiyalarini xususiy sektorlar boshqaruviga berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 25 ta loyiha bitimlari imzolandi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining “Davlat reestri” ro‘yxatiga olindi.
Bitim shartlariga ko‘ra xususiy sheriklar tomonidan 2023 yilda 25 ta loyiha doirasida 7 716,1 mlrd.so‘m investitsiya mablag‘lari kiritilishi belgilangan.
Joriy yilda 8 ta nasos stansiya davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlar boshqaruviga berish rejalashtirilgan bolib bugungi kunda 6 ta tashabuskorlar aniqlanib tadbirkorlar tomonidan loyihalarning daslabki hujjatlar ishlab chiqilmoqda.