Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi “Suv yetkazib berish xizmatlari” davlat muassasalari to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi bog‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini o‘shirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan Respublika bo‘yicha 16 ta tuman irrigatsiya bo‘limlari va 16 ta suv xo‘jaligi mahsus xizmatlari tugatilib, 16 ta “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil qilingan.

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Suv xo‘jaligi vazirligining buyruqlari chiqarilib, Adliya bo‘lmidan ro‘yxatdan o‘tkazildi va Davlat xizmatlari markazidan guvohnoma olingan hamda Muhr, shtamplari olinib, Hududiy bank filiallaridan hisobraqamlari  ochilgan va suv yetkazib berish “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassalarining shtat jadvallari tuman moliya bo‘limlaridan to‘liq tasdiqlangan.

“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan bino-inshootlar va asosiy vositalar, shu jumladan texnikalarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkiblari tasdiqlanib va bu bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish ishlari to‘liq amalga o‘shirilgan.

2024-yil 1-yanvardan 1-martdan boshlab sho‘r yuvish ishlariga 1822 dona fermer xo‘jaliklariga jami 143,89 mln.m3 suv sariflanib 41 349 ming gektar maydonlarda sho‘r yuvish ishlari va 141 dona fermer xo‘jaliklarining 1,39 mln.m3 g‘alla maydonlari sug‘orilib bu bo‘yicha soliq idoralariga taqdim qilingan.

Qoraqalog‘iston Respublikasi «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasalari tomonidan 2024-yil sug‘orish davri uchun iste’molchilar  kesimida 16 ta tuman limitlarni tasdiqlatish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilgan.

Shuningdek, hududlar bo‘yicha limitlar ishlab chiqib, tasdiqlandi. Bugungi kunda, «Suv yetkazib berish xizmati» DM bilan suv ist’emolchilari bilan o‘rtasida  shartnomalarni tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.