NASOS STANSIYALARI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining 2026-yil 28-avgustdagi «2026–2027-yillarning kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda mavsum davomida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 208-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

 

Ayni kunlarda belgilangan nasos stansiyalarida nasos agregatlari, elektr dvigatellari va boshqa asosiy uskunalarning texnik holati o‘rganilib, ta’mirlash hamda texnik ko‘rik ishlari amalga oshirilmoqda.

Tayyorgarlik ishlari doirasida nasos stansiyalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud uskunalarning texnik holatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr energiyasidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda To‘rtko‘l tumanidagi «NAPE-1,1 № 31 A» sug‘orish nasos stansiyasida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda nasos stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish, nasos agregatlari va elektr dvigatellarining texnik holatini yaxshilash, ularni o‘z vaqtida ta’mirdan chiqarish hamda mavsum davomida samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida mas’ul xodimlarga nasos stansiyalarida texnik xavfsizlik talablariga rioya qilish, uskunalarni mavsumga puxta tayyorlash va belgilangan chora-tadbirlarni o‘z muddatida amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Boshqarma tasarrufidagi nasos stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlash va obyektlarning barqaror ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi