Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i N.Aralbayev ishtirok etib, bu kabi sport musobaqalarini o‘tkazishning ahamiyatit to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan qarorlari, jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga doir belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilmoqda.
“Kasaba uyushmalari – sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada boshqarma apparati hamda hududiy bo‘limlardan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunida “Xo‘jayli-Taxiatosh” bo‘limi jamoasi 1-o‘rinni, “Mo‘ynoq-Qo‘ng‘irot” bo‘limi jamoasi 2-o‘rinni, “Nukus-Kegeyli” bo‘limi jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar Kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu kabi sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida jamoaviylikni kuchaytirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qorvqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati