Suvchilarga e’tibor — Beruniy tumanida amaliy qadamlar

Beruniy tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi ishchi-xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida jamoa a’zolariga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu tashabbus suvchilarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, mehnatga bo‘lgan rag‘batini oshirish hamda jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A. Urazimbetov hamda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Irisboyev so‘zga chiqib, sho‘r yuvish davrida suvchilarning fidokorona mehnatiga alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, ular oldimizda turgan vegetatsiya mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazishda suvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilishini ta’kidlab, ko‘rsatilayotgan e’tibor ish samaradorligini yanada oshirishini qayd etdilar.

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari va muassasa rahbari ham so‘z olib, suvchilar fermer xo‘jaliklari va tomorqalarni suv bilan o‘z vaqtida ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Tadbir doirasida jamoa a’zolariga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Jumladan, 70 nafar suvchiga 20 kilogrammdan guruch, un, piyoz, sabzi va kartoshka berildi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday amaliy chora-tadbirlar soha rivoji uchun muhim ahamiyatga ega.

Beruniy tumanida amalga oshirilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik suvchilar mehnatini munosib qadrlash, ularni rag‘batlantirish hamda suv xo‘jaligi tizimi barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respulikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati