Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlar xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi      Suv xo‘jaligi vazirligining                                                   

2024-yil 19 -sentabrdagi 147 -sonli        
buyrug‘iga 4-ilova

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlar xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) va tizim tashkilotlarining xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha tavsiya va qo‘llanmalarni belgilab beradi.
  2. Ushbu Yo‘riqnoma korrupsiyaviy harakatlarning oldini olish va ularni sodir qilishga xizmat qiladigan sabablarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
  3. Vazirlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish (keyingi o‘rinlarda – O‘qitish) dasturlari va materiallari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq ishlab chiqiladi.

 

2-bob. O‘qitishning asosiy tamoyillari

  1. Vazirlik xodimlarini o‘qitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

xolislik va ilmiylik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallarni tayyorlash uchun mas’ul shaxslar ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, xalqaro standartlar hamda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish nazariyasi va amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar natijalariga muvofiqligini ta’minlaydi;

amaliy jihatdan qulaylik – Vazirlik xodimlarini O‘qitish shakllari, usullari va materiallari amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, real vaziyatlarga asoslanishi, shuningdek, xodimlar tomonidan olingan bilimlarni tushunish darajasi va ularni aniq amaliy vazifalarni hal etishda qo‘llash imkoniyatini nazorat qilinishini o‘z ichiga olishi lozim;

ketma-ketlilik va tizimlilik – etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallari, shuningdek, Vazirlik xodimlarini o‘qitish tartibi izchil va tuzilmaviy-mantiqiy tizimni ifodalaydi. O‘qitish umumiy tushunchalar va voqeliklardan juz’iylariga, oddiydan murakkabga, boshlang‘ichdan mukammalga va h.k. o‘tish asosida amalga oshiriladi;

hammaboplik – O‘qitish Vazirlik xodimlarining joriy bilimlari va ko‘nikmalarini hisobga olish, Vazirlikning barcha xodimlari uchun tushunarli bo‘lgan o‘quv materiallirini shakllantirish;

differensiyalangan yondashuv – Vazirlikda korrupsiyaga qarshi o‘qitish aniq funksiyalar va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatar natijalarini hisobga oladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan xodimlar korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha ravishda maxsus o‘qitiladi;

o‘qitish usullari va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirish – Vazirlik o‘quv materiallarini ishlab chiqish, o‘qitish, shuningdek Vazirlik xodimlari tomonidan bilimlar o‘zlashtirilganini tekshirish vaqtida texnik va ilmiy taraqqiyotning innovatsion yutuqlaridan foydalanishga harakat qiladi.

 

3-bob. O‘qitishning ustuvor vazifalari

  1. O‘qitish shakllari va usullarini aniqlashda, shuningdek, etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘quv materiallarini shakllantirishda Vazirlik xodimlarini etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish uchun mas’ul shaxslar quyidagi ustuvor vazifalarga tayanishi lozim:

korrupsiya mohiyati, uning jamiyat hayotining turli sohalari, Vazirlikning funksiya va tartib-taomillarida paydo bo‘lish shakllari va o‘ziga xos jihatlari, sabablari, ijtimoiy jihatdan xavfli va zararli oqibatlari to‘g‘risida umumiy tasavvurni shakllantirish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan belgilangan etika va korrupsiyaga qarshi xulq-atvorning aхloqiy qadriyatlari va Vazirlikning boshqa ichki hujjatlariga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishga asoslangan xulq-atvor modelini shakllantirish;

Vazirlik xodimlarini Vazirlikda amal qiluvchi korrupsiyaga qarshi kurash tamoyillari, talablari va tartib-taomillari bilan tanishtirish;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqishiga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni aniqlash va ularning oldini olish qobiliyatini shakllantirish, korrupsiyaviy xulq-atvor, Vazirlikning etik xulq-atvor qoidalari buzilishiga nisbatan toqatsizlikni namoyon etish.

4-bob. O‘qitishni ishlab chiqish va o‘tkazishga mas’ul shaxslar

  1. Vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’limi Vazirlik xodimlarini O‘qitish rejalarini tayyorlash, tegishli o‘quv materiallarini ishlab chiqish, o‘qitish, shuningdek Vazirlikda bunday o‘qitishni monitoring va nazorat qilish uchun mas’uldir.
  2. Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi) Vazirlik xodimlarini O‘qitish rejalarini tayyorlashda ishtirok etadi, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi o‘quv materiallarni ishlab chiqadi, O‘qitish o‘tkazilishini muvofiqlashtiradi.
  3. Vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’limi O‘qitish intizomi va unga doir axborotlar yig‘ilishini nazorat qiladi.
  4. Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi tegishli tajribaga ega xalqaro yoki mahalliy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar (Vazirlikda belgilangan tartibda) asosida o‘quv materiallarini tayyorlash hamda O‘qitishni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin.

 

5-bob. O‘qitish turlari va shakllari

  1. O‘qitish quyidagi o‘quv dasturlarini ko‘zda tutishi lozim:

barcha xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish;

Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish;

Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish.

  1. Umumiy korrupsiyaga qarshi o‘qitish va Vazirlik tizimi xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish Vazirlikning barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
  2. Vazirlikning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi va quyidagi yangi bilimlarga ega bo‘lish yoki mavjud bilimlarni takrorlash imkoniyatini yaratishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligi, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, jumladan, o‘rnatilgan ta’qiqlar, cheklovlar, huquq va majburiyatlar, xizmat xulq-atvoriga qo‘yilgan talablar, Vazirlik xodimlarining korrupsiyaviy harakatlari aniqlanganda harakatlar ketma-ketligiga doir ichki hujjatlarini bilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi boshqa talablar sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotiga doir bilimlar;

olingan bilimlarni qo‘llash ko‘nikmalari, jumladan Vazirlikning turli faoliyat sohalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qobiliyati, Vazirlikda o‘rnatilgan korrupsiyaga qarshi kurash choralarini amaliyotda qo‘llay bilish.

Korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish materiallariga kiritish uchun mazkur Yo‘riqnomaga 1-ilovada keltirilgan mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi.

  1. Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvor qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish Vazirlikning barcha xodimlari uchun amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi va Vazirlikda qabul qilingan etika tamoyillari va qoidalariga doir yangi bilimlarga ega bo‘lish yoki bor bilimlar takrorlanishini ta’minlashi lozim.
  2. Vazirlik xodimlari umumiy korrupsiyaga qarshi o‘qitish va Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari natijalari bo‘yicha o‘rganilgan material qanchalik o‘zlashtirilgani va tushunilganligi hamda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini tekshirishga qaratilgan test sinovlari topshirishi lozim.
  3. Vazirlik xodimlari savollarning kamida 80 foiziga to‘g‘ri javob bergan taqdirda korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish va Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvori qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan hisoblanadi. Agar xodim savollarning 80 foizidan kamiga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, u takroriy test sinovlarini test topshirgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida topshirishi mumkin.
  4. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun maxsus korrupsiyaga qarshi o‘qitish korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitishdan mustaqil (qo‘shimcha) ravishda o‘tkaziladi.
  5. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati Davlat organlari va Vazirliklari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.
  6. Korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olishi lozim:

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish usullari;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillardagi korrupsiyaning namoyon bo‘lish shakllari va turlari;

uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqa qilishda korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiya va tartib-taomillarga xos bo‘lgan korrupsiyaga qarshi talablar;

korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan aniq funksiyalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan qo‘shimcha talab va tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi ichki hujjatlar.

  1. Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish yiliga kamida bir marta malaka oshirish shaklida (seminar, trening va boshqa) korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ekspertlarni jalb qilish, shuningdek, bunday o‘qitishlarga ixtisoslashgan vakolatli uchinchi shaxslar (Vazirliklar) tomonidan tashkil etiladigan treninglarda ishtirok etish orqali o‘tkaziladi.
  2. Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi va rivojlanishi uchun mas’ul xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchiligidagi o‘zgarishlar, korrupsiyaga qarshi tizimlarni shakllantirish va davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish tadbirlarini amalga oshirish borasidagi ilg‘or xalqaro metodikalarni o‘rganishni o‘z ichiga olishi lozim.
  3. Ushbu Yo‘riqnomaning 19-bandida ko‘rsatib o‘tilgan malaka oshirish va treninglardan o‘tish yiliga kamida 10 (o‘n) soatni o‘z ichiga olishi lozim.

 

6-bob. O‘qitish muddatlari va davriyligi

  1. O‘qitish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning ichki hujjatlarida ko‘zda tutilgan majburiy malaka oshirish doirasida o‘qitish, uchinchi shaxslar bilan qo‘shma konferensiyalar, yig‘ilishlar, simpoziumlar o‘tkazilishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
  2. Vazirlik xodimlari etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yiliga kamida bir marta o‘qitiladi.
  3. Vazirlik xodimlari quyidagi hollarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yiliga bir martadan ko‘p o‘qitiladi:

xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimni egallab turgan bo‘lsa;

lavozimga tayinlanganda va rotatsiya qilinganda, agar shaxsning yangi lavozimi korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatiga kirsa;

Vazirlikda korrupsiyaviy harakatlar bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda yoki amalga oshirilayotgan funksiya/tartib-taomilning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi ortganda;

Vazirlik rahbari qaroriga muvofiq.

  1. Vazirlikga ishga qabul qilingan yoki yangi lavozimga o‘tkazilgan xodimlar ishga kirgan yoki yangi lavozimga o‘tgan vaqtdan boshlab 30 kun ichida korrupsiyaga qarshi va Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvori qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitilishi shart.

O‘quv sanasini belgilashda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitishning tasdiqlangan yillik jadvali, guruhda bo‘sh o‘rinlar borligi (kunduzgi o‘quv shakli uchun) va mazkur bobning 22–23-bandlarida ko‘zda tutilgan o‘qitish muddatlari va davriyligiga amal qilish zarurati hisobga olinadi.

Keyingi korrupsiyaga qarshi umumiy o‘qitish va Vazirlik xodimlarining etik xulq-atvor qoidalari bo‘yicha umumiy o‘qitish barcha xodimlar uchun Kadrlar tuzilmasi tomonidan yiliga bir martadan kam bo‘lmagan davriylikda belgilanadi.

  1. Xodim korrupsiyaviy xavf-xatarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimni egallab turgani bilan bog‘liq holatlarda yoki xodim shunday lavozimga tayinlanganda maxsus korrupsiyaga qarshi o‘qitish etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘qitishning yillik jadvalida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
  2. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo’limi har yili O‘qitish jadvalini tuzadi va 31-dekabrgacha uni vazirga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

O‘qitish jadvalini tuzishda xodimlar tomonidan oldingi o‘qitish muddatlari hisobga olinadi.

O‘qitish jadvalida albatta o‘qitish kursi nomi, sanasi, shuningdek, o‘qitish tayinlangan lavozimlar ko‘rsatiladi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq Kadrlar tuzilmasining mas’ul xodimlari o‘qitish boshlanishidan 10 ish kun oldin xodimlarni xabardor qiladi. Belgilangan muddatda o‘qish imkoniyati bo‘lmasa (kunduzgi o‘quv shakli uchun, masalan yuqori mavsumiy yuklama, kasallik varaqasi, rejalashtirilgan ta’til singari asosli sabablar), xodim o‘qish boshlanishidan 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay o‘qishni boshqa sanaga ko‘chirish maqsadida Kadrlar tuzilmasini ogohlantirib qo‘yishi lozim.

 

7bob. O‘qitish intizomini nazorat qilish va hujjatlarni saqlash

  1. Kadrlar tuzilmasi Vazirlik xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida o‘qitilishiga doir ma’lumotlarni yig‘ib boradi va ularni har chorakda Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limiga taqdim etadi.

Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi (jumladan, o‘quv intizomi, xodimlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan mavzular va test savollari) va tahlil natijalarini korrupsiyaga qarshi tizimning amal qilishi va rivojlanishi masalalari bo‘yicha doimiy hisobotlarga kiritilishini, shuningdek, o‘quv materiallari korrektirovka qilinishini (zarurat tug‘ilganda) ta’minlaydi.

  1. Xodim unga tayinlangan o‘quv yoki uning natijalari bo‘yicha test sinovlarini belgilangan muddatlarda o‘tmasa, Kadrlar tuzilmasi rahbari bunday xodimning rahbarini unga nisbatan tegishli qaror qabul qilish maqsadida ogohlantiradi.
  2. O‘qitish jadvali, yo‘qlama varaqalari, test natijalari, xodim o‘qiganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar Kadrlar tuzilmasida saqlanadi.

 

8-bob. Yakuniy qoidalar

  1. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Vazirlikning ichki hujjatlarida o‘zgarishlar kiritilganda, korrupsiyaga qarshi o‘qitishni tashkil etish sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyot o‘zgargan taqdirda qayta ko‘rib chiqiladi. Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi mazkur Yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish uchun javobgar hisoblanadi.
  2. Vazirlik xodimi egallab turgan lavozimi, ish staji, mavqei va boshqa omillardan qat’iy nazar mazkur Yo‘riqnomaning tamoyillari va talablariga rioya qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga ilova

 

Vazirlik tizimi xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy o‘qitishning

TAXMINIY MAVZULARI

 

Mavzu

Komponentlar

Korrupsiyaning tabiati

Korrupsiya tushunchasi, uning shakllari va sabablari;

Korrupsiyaning ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatidagi mazmuni;

Jamiyatda korrupsiyaga munosabat.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik;

Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir ichki hujjatlar;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro amaliyot.

Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari

Vazirlikdagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi elementlari, shuningdek, muhim chora-tadbirlar sharhi;

Vazirlikdagi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish;

Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xodimlar va tarkibiy bo‘linmalarning majburiyat va vakolatlari;

Ma’muriy tartib-taomillar va reglamentlardan foydalanish. Ma’muriy to‘siq va byurokratizmni bartaraf etish;

Korrupsiyaviy harakatlar/ularni sodir etish xavfi yuzaga kelgan vaqtdagi harakatlar;

Korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risida xabar berish (xabarlarni uzatish kanallari, xabarlar mazmuniga doir Yo‘riqnoma, xabarlarni ko‘rib chiqish tamoyillari).

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar va tipik korrupsiyaviy harakatlar

Vazirlikdai xavf-xatarlar va korrupsiyaviy harakatlarning asosiy turlari;

Nazorat-ruxsat berish funksiyalari va tartib-taomillari doirasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Sovg‘alar va ishbilarmonlik mehmondo‘stligi belgilari berish/olishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Fuqarolar, kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Xodimlarni Vazirlikga tanlab olish va ishga qabul qilishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Xaridlarni amalga oshirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Turli xizmat turlari, funksiyalar uchun litsenziya berish, shuningdek litsenziya bitimlari talablari va shartlarini bajarish ustidan nazorat bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Binolarni ijaraga berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

O‘zaro hamkorlik va tasarrufiy Vazirliklar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Tanlovlar bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Turli hujjat turlari ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek ular ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Davlat nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy xavf-xatarlar;

Vazirlik faoliyatidagi boshqa xavf-xatarlar.

Korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik

Korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy javobgarlik;

Korrupsiyaviy harakatlar uchun jinoiy javobgarlik;

O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaviy harakatlarga doir ishlari bo‘yicha sud amaliyoti sharhi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati roli

Jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida;

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish;

Korrupsiyaga qarshi jamoatchilik fikri va xulq-atvorini shakllantirish;

Fuqarolik jamiyati institutlarining Vazirlik bilan o‘zaro hamkorligi.