Bayramlar munosabati bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi

Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zanlarni tartibga solish inshootlar boshqarmasida ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, boshqarmaning yordamchi xo‘jaligi hisobidan xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Unga ko‘ra, har bir xodimga mol go‘shti (2 kg), qo‘y go‘shti (1 kg), echki go‘shti (4 kg), tovuq go‘shti (12 kg), shuningdek, piyoz (10 kg), sabzi (20 kg) va kartoshka (20 kg) berildi.

Mazkur tadbirlar bayram arafasida xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qildi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tizimda mehnat qilayotgan har bir xodim uchun muhim ahamiyat kasb etib, ularni yanada samarali faoliyat olib borishga undaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati