«Orolbo‘yi hududida tabiiy ko‘llarni suv bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida Brifing:

Assalomu alaykum.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugungi brifingimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish, Orolbo‘yi hududidagi tabiiy ko‘llarni suv bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot bermoqchimiz.

So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, havo haroratining ko‘tarilishi Markaziy Osiyoda suv resurslarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Amudaryoning quyi oqimidagi gidrologik postlaridagi kuzatuvlarga ko‘ra, 1900–1960 yillarda suv hajmi taxminan 48 km³ ni. 1960–1990 yillarda 17,8 km³ atrofida bo‘lgan. Ushbu holat 2020–2025 yillarda suv hajmi o‘rtacha yiliga 1,1–1,2 km³ ni tashkil etgan.

O‘z navbatida yer osti sizot suvlari sathining 3–5 metrgacha pasayishi ham tabiiy ko‘llarga tushadigan suv miqdori kamayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Sababi tabiiy ko‘llar asosan sug‘oriladigan maydonlardan chiqadigan kollektor-drenaj suvlari hisobiga to‘yinadi.

2000–2010 yillarda dehqonchilik qilinadigan maydonlar qariyb 500 ming gektar bo‘lgan, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 350–360 ming gektarni tashkil etmoqda. Natijada, mazkur maydonlarda sug‘orish tadbirlari amalga oshirilmasligi hisobiga kollektorlarga chiqadigan suv miqdori ham kamaygan.

Joriy yil boshidan hozirgi kunga qadar ko‘llarni suvlantirish maqsadida 1 milliard 25 million kub metr suv yo‘naltirildi. Bundan tashqari, kollektor tarmoqlari orqali ko‘llarga 500 million kub metr suv yetkazib berildi.

Bundan tashqari, har yili kuz-qish mavsumida aholini sanitar-maishiy ehtiyojlarini ta’minlash va ekologik vaziyatni barqaror saqlash maqsadida magistral kanallarga 500 million kub metrgacha suv limiti ajratiladi.

Ushbu limitning Tuyamo‘yin suv omboridagi amaldagi suv hajmi, Amudaryoning joriy va prognoz qilinayotgan suvliligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Yil yakuniga qadar yana 200 million kub metr, kollektor tarmoqlari orqali esa 150 million kub metr suv yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Endi ayrim yirik tabiiy ko‘llarning suv ta’minotiga to‘xtalaman.

Bugungi kunda “Mejdurechye”, “Jiltirbas”, “Sudochye” va Ribachye ko‘llarga  suvni mavsumiy tartibda yetkazib berilmoqda hamda ko‘llar sathini muayyan darajada saqlash va suv-botqoq ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.

Shu bilan birga, Yil boshidan buyon “Mejdurechye” (278), “Jiltirbas” (192), “Sudochye” (196) va Ribachye (165) jami 831 million kub metr suv yetkazib berildi. 

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 20 ming kilometrdan  ortiq  sug‘orish tarmoqlari mavjud. Shundan 3,8 ming kilometri tumanlararo va xo‘jaliklararo kanallar, 16,7 ming kilometri esa ichki sug‘orish tarmoqlaridan iborat.

2022–2026 yillarda Davlat dasturi doirasida jami 69 ta obyektda rekonstruksiya ishlari bajarildi. Natijada 218 kilometr tuproq o‘zanli kanal rekonstruksiya qilindi, 146 kilometr kanal betonlandi va 7,5 kilometr yangi lotok tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, 7 ta gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinib, 3 ta yangi nasos stansiyasi qurildi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, davlat dasturlari doirasida Qo‘ng‘irot tumanidan o‘tuvchi, tabiiy ko‘llarga suv yetkazishga xizmat qiladigan «Ustyurt» kollektorining 22 kilometr tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash belgilangan. Shundan hozirgi kungacha “Sudoche” ko‘liga suv yetkazib beruvchi «Mashanko‘l–Sudoche» kollektorining 6,5 kilometr qismida ta’mirlash va tiklash ishlari to‘liq yakunlandi. Shuningdek, «Mashanko‘l–Sudoche» kollektoridan sekundiga 5 kub metr suv o‘tkazish imkoniyatiga ega kanal qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha 2027 yil davomida amalga oshirish belgilangan.

Hurmatli yurtdoshlar!

E’tiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman!

Suv resurslarini tejash va mavjud suvdan unumli foydalanishda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ham muhim ahamiyatga ega. 2019–2025 yillar davomida jami 290 ming 500 gektar maydonda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari joriy etildi va yerlar lazer uskunalari yordamida tekislandi.

Suv ta’minotini yaxshilash, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 765 kilometr kanal rekonstruksiya qilindi. Shundan 86 kilometri betonlashtirildi, 2 ming yaqin gidrotexnik inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.

Hozirgi kunda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi doirasida “Kegeyli” (34) va “Quyi Kegeyli” (19) jami 53 kilometr kanallarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanmoqda.

Yana bir muhim loyiha — Jahon banki ishtirokidagi «Milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish» loyihasi asosida «Quvanish jarma» kanalining 34 kilometr qismi rekonstruksiya qilish belgilangan.

Ushbu tadbirlar suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘orishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish va mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Yuqorida qayd etilganidek, Amudaryo havzasida suv resurslarining cheklanganligi Orolbo‘yi mintaqasida suv ta’minoti va ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta mas’uliyatni talab qiladi.

Shu sababli Biz, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish,  sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kanallarni betonlash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda Orolbo‘yi ekologik muhitini asrash va tabiiy ko‘llarni saqlab qolish borasidagi ishlarni izchil davom ettiramiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Baxtiyar Yusupov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri