Shumanay tumanida melioratsiya sohasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

     Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan Shumanay tumanida seminar o‘tkazildi. Unda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Seminarda meliorativlik ekspediciya baslıǵınıń orınbasarı B.Babaniyazov melioraciya tarawında ámelge asırılatuǵın áhmietli wazıypalar boyınsha prezentaciya menen tanıstırdı. Onda suwdıń jumsalıwı hám minerallasıw dárejesin turaqlı qadaǵalaw, aymaqqa kirip atırǵan hám shıǵıp atırǵan suwlardı esapqa alıw jáne ólshew jumısların sistemalı shólkemlestiriw belgilep alındı. Shuningdek, kuzatuv quduqlarini GPS qurilmalari asosida belgilash, dayver qurilmalaridan olinayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

-Tumani hududidan chiqayotgan sizot suvlari hisobi yuritib boriladi, – deydi Melioratsiya va suv xo‘jaligi shartlarini kompleks tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i S.Duysenbayev. -Asosiy kollektorlardagi mavjud gidropostlar orqali suv sarfi o‘lchanib, har oyda suv namunalari olinadi va gidroximiya laboratoriyasida tahlil qilinib boriladi.

Tadbirda kuzatuv quduqlarining ahamiyati, yer osti suvlari sathi va minerallashuv darajasini nazorat qilishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, dayver qurilmalarini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, ularga servis xizmatlarini samarali tashkil etish orqali meliorativ tizim barqarorligini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Seminar yakunida mas’ul mutaxassislarning shaxsiy javobgarligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati