Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lganida respublikaning janubiy tumanlaridagi kanallarning holatini ham joylarga borib o‘rganib, olis hududlar suv ta’minotini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar bergan edi.

Shunga ko‘ra ayni kunlarda mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida kuzgi-qishki tadbirlar doirasida hududlarga qo‘shicha ekskavatorlar jalb etilib kanallar loyqalardan tozalash ishlari boshlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining mas’ul xodimi Q.Muratov To‘rtko‘l tumanida yuqoridagi topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni ko‘zdan kechirib, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha masullarga topshiriqlar berishdi.
Shuningdek, mas’ullar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025-2027 yillardan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzulmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan To‘rtko‘l tumanidagi «K-1» xo‘jaliklararo kollektorini (2-bosqich) rekonstruksiya qilish ob’ektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rganishdi.

Manzilli dastur bo‘yicha 2025 yilga 2979,8 mln.so‘m ajratilgan ushbu ob’ektga “BUNYODKOR JANUBIY SQB” MChJ bosh pudratchi etib tayinlangan. Hozirda ob’ektda 3 ta ekskavator 1 ta buldozer va 2 ta boshqa texnikalar ishlab turibdi. Bugungi kungacha 2693,4 mln.so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, yillik limitga nisbatan 90 foizaga bajarildi. Ma’lumot berilishicha ushbu kollektorda rekonstruksiya ishlari yakunlangach hududdagi 2 ming 693,4 gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanadi.



Quruvchi tashkilot mas’ullari hamda tuman melioratorlari ishtirokida ushbu ob’ekt boshida seminar ham tashkil etildi. Unda davlat dasturida belgilangan ob’ektlarda qurilish ishlarini jadallashtirish hamda hududlardagi melioratorlar sho‘r yuvish tadbirlari oldidan amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, kuzgi-qishki tadbirlarni uyushqoqliklik bilan tashkil etish bo‘yicha ma’ullarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati