Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

___Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

___Yig‘ilishda sho‘r yuvishga er tayyorlash, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarida amalga oshiriladigan tadbirlar muhokama etilib vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rildi.

___Juzbaev Baxtiyar Erganievich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

___B.Juzbaev 1966 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Moskva gidromeliorativ institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik.

___Mehnat faoliyatini «Taxtako‘pir» sovxozi ishchisi lavozimidan boshlagan Baxtiyar Juzbaev oliy o‘quv yurtini bitirib kelgach, xalq xo‘jaligining turli sohalarida mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qildi.  

___Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasining Respublika suv resurslarini muhofaza qilish inspeksiyasi mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Er munosabatlari va ko‘chmas mulk kadastri xizmati boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi Respublika birlashmasi bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Suvnazorat» inspeksiyasi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslari va erlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi katta inspektori, 2021 yil 20 maydan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

Matbuot xizmati