suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi
___Bugun Amudaryo havzasi Suv xo‘jaligi birlashmasi “Suv xo‘jaligi ob’ektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

___Ko‘rgazmali seminarda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Primov, hududdagi suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari rahbarlari va OAV vakillari ishtirok qildi.

___Dastlab, Amudaryo havzasi Suv xo‘jaligi birlashmasi boshlig‘i M.Maxramov, Amudaryo havzasi Suv xo‘jaligi birlashmasi Quyidaryo boshqarmasi boshlig‘i J.Uzaqovlarning seminar mavzusi yuzasidan taqdimotlari tinglandi.

___Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamraev suv xo‘jaligi ob’ektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati va o‘rnatilgan “Aqlli suv” qurilmalaridan kelayotgan ma’lumotlarni tegishli axborot tizimi bilan integratsiya qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish natijasida mavjud suvlardan samarali foydalanish, suvning hisobini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratilishini ta’kidladi. Shuningdek, gidroinshootlar oldida yig‘ilib qolgan loyqalarni maxsus texnikalar yordamida qazib-tozalash, irrigatsiya tarmoqlarini va sho‘r yuviladigan maydonlarni tayyorlash masalalari bo‘yicha tizim tashkilotlari rahbarlariga topshiriqlar berildi.

___Tadbir ishtirokchilariga Taxiatosh gidrouzeliga o‘rnatilgan raqamli texnologiya va uning masofadan boshqarish, onlayn axborot berish jarayoni amalda ko‘rsatildi. Shuningdek, zemsnaryad yordamida loyqalarni tozalash tadbirlari va u erda xizmat qilayotgan suvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

___Ko‘rgazmali seminar doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun suv xo‘jaligi ob’ektlari va yordamchi xo‘jaligida barpo etilgan bog‘ va issiqxonaga press-tur tashkil qilindi. Tadbirda suv xo‘jaligi ob’ektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish rejasi haqida ham ma’lumot berildi.


___Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi suv xo‘jaligi ob’ektlarida 2022 yilda jami 735 ta zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Jumladan, suv resurslarini onlayn nazorat qilish imkonini beruvchi 341 ta “Aqlli suv”, 270 ta meliorativ kuzatuv quduqlarida er osti sizot suvlari sathi va ularning minerallashganlik ko‘rsatkichlari monitoringini yuritish imkonini beruvchi “Diver” qurilmalarini o‘rnatish va 1 ta yirik ob’ektning boshqaruvini avtomatlashtirish, shuningdek, 123 ta nasos stansiyalarida suv sarfini “onlayn” nazorat qilish imkonini beruvchi qurilmalarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

___O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri SH.Xamraev boshqa tumanlarda o‘tkazilgan seminarlarda ham ishtirok qildi.
G‘.Otajonov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi