Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024 yil uchun mo‘ljallangan rejalari ijrosining I chorak yakunlari bo‘yicha MA’LUMOT

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida  2024 yil uchun mo‘ljallangan rejalari ijrosining  I chorak yakunlari bo‘yicha

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 martdagi                             “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishning 2024 yildagi ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-109-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2024 yil 5 martda tasdiqlangan nazorat rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha vazirlik tomoidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida belgilangan tadbirlar doirasida 2024 yil davomida 1050,0 mln m3 miqdorida suv resurslari iqtisod qilinishi rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda, jumladan, respublikada suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va samarali foydalanish maqsadida 119,3 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarini rekonstruksiya qilish, 513,0 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarni tozalash, 260 dona gidrotexnik inshootlarni va  156 dona gidropostlarni ta’mirlash, shuningdek,  2099,0 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini, 1561 dona gidrotexnik inshootlarni, 1010 dona gidropostlarni va 1610 dona fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilanib, ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 20,15 ming gektar qishloq xo‘jalik maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanishi kutilmoqda.

Bugungi kunga 90,9 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarini rekonstruksiya qilish, 92,5 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarni tozalash, 28 dona gidrotexnik inshootlarni va  14 dona gidropostlarni ta’mirlash, shuningdek,  525,0 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini, 201 dona gidrotexnik inshootlarni, 127 dona gidropostlarni va 179 dona fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini jihozlash ishlari bajarildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jalik yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 76,7 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilanib, amalda 17,8 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.

Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 47150 gektar qishloq xo‘jalik maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish vazifasi belgilandi. Shundan,  4150 gektar tomchilatib, 1900 gektar yomg‘irlatib, 700 gektar diskret uslubida sug‘orish, 30500 gektar lazer yordamida yerlarni tekislash, 8400 gektar egiluvchan quvurlar va 1500 gektar egatga plyonka to‘shab sug‘orish ishlari amalga oshirish rejalashtirilиб, bugungi kunda suvkredit.uz dasturi orqali 89 ta talabgorning  1361 gektar maydoni uchun 16 mlrd 398 mln so‘mlik kredit moliyalashtirildi va 44 ta fermer xo‘jaligining 752 gektar maydonida qurilish ishlari boshlanib, 15 ta fermer xo‘jaligining 174 gektar maydonida qurilish ishlari yakunlandi.

Shundan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish istagini bildirgan 14 ta talobgarning 210 gektar maydoni, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish istagini bildirgan 74 ta talobgarning  1126 gektar maydoni va diskret sug‘orishni joriy qilish istagini bildirgan   1 ta talobgarning 10,5 gektar maydoni moliyalashtirilib, moliyalashtirilgan maydonlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek,  17 ming 698 gektar paxta ekiladigan maydonlarda yerlarni lazerli tekislagichlar yordamida tekislash ishlari olib borildi. 

“Yashil energiya” texnologiyalarni keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarida eskirgan 10 dona nasos agregatlar va 9 dona elektrodvigatellar yangisiga almashtirish nazarda tutilib, amalda bugungi kunda jismonan eskirgan 1 dona nasos agregati va 1 dona elektrodvigatel yangisiga almashtirildi.

Shuningdek, vazirlik va vazirlik tasarrufidagi suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari tomonidan 5 dona quyosh paneli va 4 dona quyosh suv isitish moslamalarini o‘rnatish ishlari rejalashtirilib, amalda bugungi kunga 1 dona quyosh paneli o‘rnatildi.

Joriy yilda 8 ta nasos stansiya davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlar boshqaruviga berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 6 ta tashabbuskorlar aniqlanib, tadbirkorlar tomonidan loyihalarning dastlabki hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Vazirlik tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan asosiy ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.