Qorao‘zak tumani: “Madeniyat” nasos stansiyasida seminar o‘tkazildi

     Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qorao‘zak tumanida joylashgan “Madeniyat” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, iqtisod qilish va nasos stansiyalar agregatlarini sifatli ta’mirlash yuzasidan ko‘rgazmali seminar  o‘tkazildi.

Seminarda Boshqarmaning Ishlab chiqarish texnika bo‘limi boshlig‘i S.Utemuratov, Avtotransport va mexanizatsiya bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov ishtirok qilib,  energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasida nasos stansiyalari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar, nasos agregatlarini ta’mirlash, o‘rnatilgan zamonaviy energo tejamkor qurilmalar, ya’ni nasos, elektrodvigatel, kondensatorlar va boshqa uskunalarni o‘rnatish borasidagi tushuntirish berib o‘tdi.

   Boshqarmaning Qorao‘zak-Taxtako‘pir bo‘limi boshlig‘i Ikrom Akimovga nasos stansiyalarda elektr energiyasini tejash, elektrodvigatellarni muntazam nazorat qilish, ularga tejamkor uskunalarni o‘rnatish hamda agregatlar ta’mirini o‘z vaqtida olib borish, ishchi-xodimlarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi va ularga sharoit yaratib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

     Ko‘rgazmali seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirda mas’ullar nasos agregatlarining energiya tejashda muhim bo‘lgan qurilmalari bilan ishtirokchilarni tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

    Seminar davomida Qorao‘zak-Taxtako‘pir bo‘limidagi barcha  nasos stansiyalar atroflarida yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilinib, mas’ullarga kerakli tavsiyalar berildi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati