Nukus shahridagi Otchopar maydonida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlanib tantanali bayram tomoshalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami bilan tabrikladi.

Jo‘qorg‘i Kenges Raisi o‘z so‘zida bugungi kunda yurtimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohaga yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer-suv resurslaridan samarali foydalanishni ommalashtirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, fermer va klasterlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni “Hosil bayrami” bilan tabrikladi Qoraqalpog‘istonda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar keyingi yillarda ham izchil davom etishini ta’kidlab o‘tdi.
Bayram tantanasida yurtimizda agrar sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir qator mehnat ilg‘orlari, shu jumladan suvchi irrigatorlar ham rag‘batlantirildi.

-Joriy yilgi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”da suvchalar mehnatlari alohida e’tirof etilmoqda, – deydi Kegeyli tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktorining o‘rinbosari Tashkentbay Saparbayev. – Mana bugungi bayramda mening olis ovullarga suv yetkazish borasida olib borgan xizmatlarim “Eng yaxshi irrigator” sifatida e’tirof etilib, SKUTER bilan taqdirlandim. Albatta, bu e’tirof butun jamoamizga berilgan baha va kelgusi ishlarimizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Bir so‘z bilan aytganda “Hosil bayrami”dagi e’tirof va mukofotlar suvchilarni yangicha shijoat bilan ishlashga ruhlantirmoqda.
Albatta, “Hosil bayrami”dagi e’tirof va mukofotlar suvchilarni yangicha shijoat bilan ishlashga ruhlantirmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati