USTUVOR VAZIFALAR KENG MUHOKAMA QILINDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv xo‘jaligidagi ustuvor masalalar, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha haftalik grafik asosida shanba kuniga belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish, yuridik xizmat va suv xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv xo‘jaligidagi ustuvor masalalar, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha haftalik grafik asosida shanba kuniga belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish, yuridik xizmat va suv xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi.

Seminarda Qoraqalpog‘istondagi barcha suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi studiyalardan bosh hisobchilar, yuristlar va boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokamalar avvalida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 25-29 yanvar kunlari o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovnomasi yakuniy natijalariga ko‘ra Qo‘ng‘irot tumani suvchilari «Eng yaxshi «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi deb topilgani bilan tabrikladi va barcha suvchilarni mana shunday natijalar ko‘rsatib ishlashga chaqirdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.Qarshiyev raisligida o‘tkazilgan seminar kun tartibida muhokama etilgan masalalar alohida nazoratga olinishi  va ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.  Matbuot kotibi G‘.Atajanovga 2026-yil uchun gazeta-jurnallarga obunani tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Tavsiya taqsimoti”ni barcha tizim-tashkilotlariga yetkazish topshirildi. Barcha rahbarlar, o‘rinbosarlari suv xo‘jaligi vazirligi muassisligidagi hamda mahalliy-va markaziy nashrlarga obuna bo‘lishlari, ularda yoritilayotgan maqolalar bilan tanishib borishlari va dunyoqarashini kengaytirib, tajribalarini oshirib borishlari ta’kidlandi.

Shundan so‘ng o‘tgan 2025 yil yakunida tizim-tashkilotlarining qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari past bo‘lganligi tanqidiy muhokama etilib, joriy yilda barcha yo‘nalishlarda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Xususan, barcha tizim tashkilotlari rahbarlarining yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish, rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘ tushirish va ishchi xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirib borish, suv xo‘jaligi obyektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kanallarni qazib-tozalash, suv solig‘i, sho‘r yuvishga yer tayyorlash masalalari yuzasidan har bir suv xo‘jaligi rahbarining axborotlari eshitildi va vazifalar belgilab berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati