Suv xo‘jaligi vaziri Beruniy tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

   O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayevning Beruniy tumanida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

   Beruniy tumanining “Yoshlar markazi” binosida o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov, Beruniy tuman hokimi I.Xidirov, “Suvnazorat” inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i I.Yuldashev, “Paxtaarna–Nayman” irrigatsiya tizimi boshlig‘i Yu.Komekov, Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i J.Xalmuratov, Meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i I.Janabayev, Beruniy tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J.Yeshanov, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassislari, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev so‘nggi yillar Hurmatli Prezidentimiz suv taqchilligining oldini olishga dolzarb vazifa sifatida qarab, mintaqa xalqlari farovonligi yo‘lida ilgari so‘rayotgan tashabbuslari amaliy natijalar berayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Xususan, Orolbo‘yida suv yo‘qotishlarni kamaytirish, kanallarni betonlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tdi. Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida Bo‘ston kanalida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari va To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniy tumanlarida suv resurslari boshqaruvi yaxshilanishiga erishilgani aytib o‘tildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, va boshqa suvdan foydalanuvchilarning murojaatlari tinglandi.

Jumladan, «Kuchkinov Qudrat», «Urazboy Nurman», «Azizbek Musabek», «Bunyodbek parrandachi» va «Nuriyev Madiyor» fermer xo‘jaliklari vakillarining o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladi. Barcha murojaatlarga vazir tomonidan atroflicha tushuntirish va izohlar berildi.

Mutasaddi rahbarlarga kelib tushgan murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda o‘rganish, ijrosini nazoratga olish hamda natijalari bo‘yicha murojaatchilarga yakuniy javob xatlari yuborish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarni tezkor va samarali hal etish maqsadida rahbarlarga sayyor qabullarni muntazam tashkil etish tavsiya etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati