Nasos stansiyalaridagi ishlar muhokama etildi

Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari nasos stansiyalarida reja-ko‘rsatmalarining muhokamasiga bag‘ishlangan seminar yig‘ilishiga, Beruniy tumanidagi “NAPE-1,1 №180” nasos stansiyasidan ishtirok qildilar.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan reja-ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, elektr energiyasidan belgilangan limitlar doirasida samarali foydalanish, nasos uskunalarini mavsumiy ta’mirlash tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, obyektlarga tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i Jasur Xalmuratov so‘zga chiqib, sug‘orish mavsumida nasos stansiyasi xodimlari zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar, elektr energiyasidan tejamkor va oqilona foydalanish, ishlab chiqarish intizomiga qat’iy rioya qilish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar batafsil tushuntirib o‘tdi.

Seminar yakunida ayni kunlarda amalga oshirilayotgan sho‘r yuvish tadbirini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, mavsum davomida nasos stansiyalariining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati