Qorao‘zak tumani: Bekmuratota nasos stansiyasida seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qorao‘zak tumanida joylashgan “Bekmuratota” nasos stansiyasida seminar tashkil etildi.

Seminarda nasos stansiyalari boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etib, o‘tgan kuz-qish mavsumida nasos agregatlarini ta’mirlash va energiyadan samarali foydalanish borasida erishilgan natijalar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama etildi.

Tadbir davomida nasos stansiyalarida elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, elektrodvigatellarni muntazam nazorat qilish, ularga zamonaviy tejamkor uskunalarni o‘rnatish, agregatlarni o‘z vaqtida ta’mirlash hamda ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, nasos stansiyalari hududida tashkil etilgan yordamchi xo‘jaliklarda olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqilib, mas’ullarga bu borada tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Seminar yakunida 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda sohada samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati