Mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va qutlug‘ bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi insonlarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 22 avgustdagi PF-168-sonli «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh soha xodimlari ham bor.

Mukofotlarni tantanali topshirish marosimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida bo‘lib o‘tdi. Sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xodimlarga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni topshirildi.
Mazkur yuksak e’tirof suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining mas’uliyatli mehnatiga berilgan munosib baho bo‘ldi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yetkazib berish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, nasos stansiyalari, gidrotexnik inshootlar va meliorativ obyektlarning uzluksiz faoliyatida ularning mehnati muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday e’tirof soha xodimlarini yangi maqsadlar sari intilishga, o‘z kasbiga yanada sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasi nomidan barcha mukofotlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda «O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati