Nasos stansiyalari xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

“Kasaba uyushmalari sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi apparati hamda hududlardagi bo‘limlaridan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

 

 

Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlar natijalariga ko‘ra, “Mang‘it-Nazarxan” bo‘limi jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, 1-o‘rinni egalladi.  “Nukus-Kegeyli” bo‘limi 2-o‘rin va “Xo‘jayli-Taxiatosh” bo‘limi jamoasi 3-o‘rinni oldi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va ishtirokchlarga Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati