To‘rtko‘l tumani: Eskirgan agregatlar o‘rniga yangi nasoslar o‘rnatish masalasi muhokama etildi

Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida To‘rtko‘l tumanida joylashgan “NAPE №161” nasos stansiyasida seminar o‘tkazildi.

Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i E.Atajanov sug‘orish mavsumida nasos stansiyasi xodimlari zimmasidagi vazifalar, eektr energiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni tushuntirdi.

Mazkur nasos stansiyasi uchun 2025-yilda 3850.0 ming m3 suv olishga va 209.0 ming kvt elektr energiya uchun limit belgilanganli ma’lumot uchun keltirib o‘tildi. Shu bois energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 2025 yilgi rejada ko‘rsatilgan 2 ta eskirgan agregatlar o‘rniga “Shimge” rusumdagi yangi nasoslarga almashtirish masalasi ham muhokama etildi.

 Ma’lumot uchun Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan 8 ta nasos stansiyadagi eskirgan o‘rniga energiya tejamkor “Shimge” rusumdagi nasoslar almashtirildi. Hamda 6 ta nasos stansiyalarida reaktiv quvvatni konpensatsiya qiluvchi kondensator qurilmalari o‘rnatildi.

Mas’ullar tomonidan nasos stansiyalari atrofidagi himoya zonalarida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha ham topshiriqlar berishdi hamda bu boradagi ishlar o‘rganildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati