Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida MA’LUMOT

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar doirasida  2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar to‘g‘risida

MA’LUMOT

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi                   “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni hamda                 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning 2023-yil 22-sentabr kuni 124-sonli buyrug‘i qabul qilinib, amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ijrochilarga yetkazilib berildi.

Vazirlik tomonidan 2023-yilda quyidagi ishlar olib borildi. Jumladan, respublikada suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va samarali foydalanish maqsadida 76,4 km uzunlikdagi kanallarda rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi va 621,9 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarni tozalash, 285 dona gidrotexnik inshootlarni va  285 dona gidropostlarni ta’mirlash, shuningdek, 5522,8 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini, 2106 dona gidrotexnik inshootlarni, 1172 dona gidropostlarni va 2141 dona fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Shu ishlar bilan birgalikda, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 4020,75 gektar paxta maydonlarida va 75 gektar bog‘-tok maydonlarda tomchilatib sug‘orish, 1014 gektar maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari ishga tushirilib, 28500 gektar maydonlar lazerli yer tekislash uskunalari yordamida tekislandi. Tuzilgan shartnomalar asosida olingan suv resurslarining hisobini to‘g‘ri yuritish uchun 734 dona «Aqlli suv» rejimida nazorat qilish qurilmalari o‘rnatildi.

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 37,7 km qismida rekonstruksiya va 865,6 km uzunliktagi kollektor tarmoqlarida ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi. Meliorativ kuzatuv quduqlarida sizot suvlari ko‘rsatkichlari va yerlarning minerallashganlik darajasini “onlayn” nazorat qilish imkonini beruvchi 262 ta “Dayver” qurilmalari o‘rnatildi.

“Yashil energiya” texnologiyalarni keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarida eskirgan 12 dona nasos agregatlar va 29 dona elektrodvigatellar yangisiga almashtirildi.

Shuningdek, nasos stansiyalarida sarflanayotgan elektr energiya miqdorini tejash maqsadida 24 dona kondensatorlar, 5 dona chastota o‘zgartiruvchi uskunalar va 253 dona yorug‘lik diod lampalari yangisiga almashtirilib, 5 ta quyosh panellari hamda 2 ta quyosh suv isitgich moslamalari, 277 dona suv sarfini va 395 dona elektr energiya miqdorini “onlayn” rejimida nazorat qilish qurilmalari o‘rnatildi.

Ushbu ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunga nasos stansiyalarida 1624,3 ming kVt.s elektr energiya iqtisod bo‘lishiga erishildi.  Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruviga berish bo‘yicha 25 ta loyihalar amalga oshirildi. Vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlari tomonidan joriy yilda 43 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar ishga qabul qilindi.

2024-yilda ustuvor vazifalar etib, quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida belgilangan tadbirlar doirasida 2024-yil davomida 1050,0 mln m3 miqdorida suv resurslari iqtisod qilinishi rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda, jumladan, respublikada suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va samarali foydalanish maqsadida 119,3 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarini rekonstruksiya qilish, 443,8 km uzunlikdagi magistral va xo‘jaliklararo kanallarni tozalash, 238 dona gidrotexnik inshootlarni va  136 dona gidropostlarni ta’mirlash, shuningdek,  2705,3 km uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini, 1496 dona gidrotexnik inshootlarni, 996 dona gidropostlarni va 1776 dona fermer xo‘jaliklarining suv olish quloqlarini jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilanib, ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida 20,15 ming gektar qishloq xo‘jalik maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanishi kutilmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jalik yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 65,2 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilanmoqda.

Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 47150 gektar qishloq xo‘jalik maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish vazifasi belgilandi. Shundan,  4150 gektar tomchilatib, 1900 gektar yomg‘irlatib, 700 gektar diskret uslubida sug‘orish, 30500 gektar lazer yordamida yerlarni tekislash, 8400 gektar egiluvchan quvurlar va 1500 gektar egatga plyonka to‘shab sug‘orish ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan. 

“Yashil energiya” texnologiyalarni keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiya iste’molini kamaytirish bo‘yicha vazirlik tasarrufidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarida eskirgan 10 dona nasos agregatlar va 9 dona elektrodvigatellar yangisiga almashtirish nazarda tutilmoqda.

Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruviga berish bo‘yicha 8 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilanmoqda.