Qonliko‘l tumani: “Bekyab” nasos stansiyasida seminar o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qonliko‘l tumanidagi “Bekyab” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, iqtisod qilish va nasos stansiyalar agregatlarini sifatli ta’mirlash yuzasidan ko‘rgazmali seminar  o‘tkazildi.

Qonliko‘l-Sho‘manay bo‘limida joylashgan nasos stansiyalari boshliqlari va ishchi-xodimlari ishtirok etgan tadbirda Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari N.Aralbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-ilovasi 4-bandi bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi. Shuningdek, haftalik grafikda belgilab berilgan elektr energiyasidan samarali foydalanish va iqtisod qilish, nasos stansiyalar agregatlarini ta’mirlash, zamonaviy energo tejamkor (nasos, elektodvigatel, kondensatorlar va hakozalar) qurilmalarni o‘rnatish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

-Eski va yirik quvvatda ishlaydigan nasos agregatlarini zamonaviy nasoslarga almashtirish va quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda, deydi – Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining Ishlab chiqarish texnika bo‘limi boshlig‘i Sagidulla Utemuratov. Bu borada Boshqarmamiz tomonidan 20 dona SNPE-500/10 nasos stansiyalarning o‘rniga 40 dona zamonaviy energotejamkor “SHIMGE” nasoslari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kungacha mahalliy budjet hisobidan 4 dona har biri 40 kVt bo‘lgan jami 160 kVt-lik quyosh panellari o‘rnatildi. Shuningdek, boshqarma hisobidan 1 dona 22,5 kVt-lik qo‘yosh panellari va 16 dona zamonaviy energotejamkor “SHIMGE” nasoslari  o‘rnatilib hozirda foydalanib kelinmoqda. 2025 yilda yoqilgi-energiya resurslarini tejashning tashkiliy-texnik amaliy chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha 6 dona nasos agregati, 7 dona elektrodvigatellar, 2 dona kondesator, 2 dona plavniy pusk, 1 dona quyosh paneli va               2 dona qo‘yosh suv isitish qo‘rilmalari birja savdosi orqali xarid qilinib, tegishli manzillarga o‘rnatildi. E’tiborlisi, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 2025 yil davomida  3 028 797 kVt*soat elektr energiyasini tejashga erishilishi kutilmoqda.

  Seminar davomida Qonliko‘l-Sho‘manay bo‘limidagi barcha  nasos stansiyalar atroflarida yordamchi xo‘jaliklarni tashkil etish hamda chorva mollari, parranda va quyonlarni boqish va mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanib qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishni yo‘lga qo‘yish va nasos stansiyalar atrofida mevali, manzarali va boshqa turdagi daraxt ko‘chatlarini parvarishlash ishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati