Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyati shu yerga yig‘ilgan ayollarni va ular timsolida butun suv xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni bahor, yangilanish va go‘zallik bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda vazirlikning Kasaba uyushmasi raisi Sagidulla Serjanov so‘z olib, so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda ayollarni ulug‘lash, ularga hurmat e’tibor qaratish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, shu jumladan, suv xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga ham e’tibor ortayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda faxriylar hamda hozirda vazirlik apparatida ishlovchi ayollarga gullar hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, bayram dasturxoniga taklif etildi. Bu kabi tadbirlar hududlardagi suv xo‘jaligi tashkilotlarida ham tashkil qilinmoqda.

Fursatdan foydalanib, jamiki onaxonlar, opa-singillarimizni, suv xo‘jaligi tizimida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ayollarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi nomidan tabriklaymiz!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati