Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Ellikqal’a tumani «Aqchako‘l» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Tadbirda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Z.Irisboyev, Ellikqal’a tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat musassasi direktori A.Abdullayev va muassasa xodimlari ishtirok qildi.

Tadbir avvalida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Urazimbetov barcha tumanlarda suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning suv masalasi yuzasidan muammoli masalalarini aniqlash maqsadida aholi va fermer xo‘jaliklari boshqaruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, murojaatlari tinglanayotgani mavjud mauammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Sayyor qabul davomida “Guldursun” OFY hududidagi “Jannatmakon nihollari” MCHJ boshlig‘i D.Sadullayev, “Tuproqal’a” MFY hududidagi “Tajibay Doshanovich” fermer xo‘jaligi rahbari T.Eshanov, “Ellikqal’a” OFY hududidagi “Bo‘ston 64” fermer xo‘jaligi rahbari K.Aitov, “Aqchako‘l” OFY huhudidagi “Jahongir Abdulla arab” fermer xo‘jaligi rahbari J.Abdullayev, “Aqchako‘l” OFY hududida joylashgan “Ellikqal’a g‘allakori” fermer xo‘jaligi R.Yuldashevlar mas’ullarga murojaat qilishdi.

Murojaatlar hududdagi suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirokida muhokama etilib, masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va belgilangan tartibda ishlarni tashkil etib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tadbir doirasida suv xo‘jaligi mas’ullari tumandagi suv iste’molchilari bilan ochiq muloqoti ham o‘tkazildi. Unda suvdan foydalanish bo‘yicha joriy etilayotgan yangi tartiblar, suvdan samarali foydalanish, iqtisod qilish suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati