|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik)da manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solish tartibini belgilaydi.
- Ushbu Nizom qoidalari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan xizmat vakolatlaridan qat’iy nazar Vazirlikning barcha xodimlariga tegishli.
- Mazkur Nizom Vazirlikda yuzaga kelgan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va boshqarish masalalaridagi asosiy ichki hujjat hisoblanadi va barcha xodimlar tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi shart.
- Vazirlik xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar Vazirlikning Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi deb yuritiladi) tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aloqador shaxslar – Vazirlik xodimi bilan tijorat Vazirliklarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi bundan mustasno;
kronizm – do‘stlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish maqsadida hokimiyat (lavozim mavqesidan) va obro‘sidan foydalanish;
manfaatlar to‘qnashuvi – Vazirlik xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, Vazirliklarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish – xodimlar tomonidan potensial yoki real manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida e’lon qilish tartib-taomili;
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish – Vazirlik tomonidan xodimlarning xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarilmasligi holati va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda ularning manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlar) Vazirlik manfaatlaridan ustun kelishi xavfini kamaytirish yoki bartaraf etish;
mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi (aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi) hamda yaqin qarindoshlarining egallab turgan xizmat mavqeyi sababli, uning lavozimga qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash;
nepotizm (tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik; favoritizmning qarindoshlik rishtalariga asoslangan ko‘rinishi) – o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga noqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar hisoblash, Vazirlik manfaatlari zarariga, yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlar;
potensial manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Vazirlik bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan, shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlari) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular Vazirlikning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lishi va Vazirlik xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
real manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Vazirlik bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan, shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari) Vazirlik manfaatlariga bevosita yoki bilvosita qarama-qarshi bo‘lgan vaziyat;
urug‘-aymoqchilik – Vazirlik xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi;
favoritizm – Vazirlik xodimi boshqa shaxs va/yoki shaxslar guruhi manfaatlariga qaraganda bitta shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratishi, Vazirlikda kadrlarni tanlash va joylashtirish, lavozimini ko‘tarish, mukofot puli berish va davlat mukofotlariga tavsiya etish, ta’til berish yoki sihatgohlar va xorijiy safarlarga yuborish, murojaatlar, shuningdek ish va navbatchilik jadvallarini ko‘rib chiqishda ketma-ketlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq vaziyatlarda tartiblarga rioya qilmaslik;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);
shafelik – Vazirlik xodimining lavozimi yuqoriroq bo‘lgan boshqa xodim tomonidan qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklidagi himoyasi, uni yoqlab yonini olishi;
yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan, farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.
2-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning tamoyillari
- Vazirlik xodimlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishlari shart:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan ustun qo‘yish;
oshkoralik, vijdonlilik, xolislik asosida qarorlar qabul qilish;
potensial yoki real manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning shartligi;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik choralarning ustuvorligi;
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini ko‘rib chiqish va manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda jamoaviylikka amal qilishi;
manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bilan tavsiflangan vaziyatlarni ko‘rib chiqish, baholash va hal qilishga xolis yondashuv;
belgilangan tartibda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
agar xodim biron-bir qaror qabul qilishdan avval yoki o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishdan oldin manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tegishli tartibda xabar bergan hamda Vazirlik manfaatlari foydasiga o‘z shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga tayyor bo‘lsa, uni real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi sababli ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
shaffoflik va hisobdorlik;
shaxsiy javobgarlik va jazoning muqarrarligi.
3-bob. Mas’ul tarkibiy tuzilmalar xodimlarining majburiyatlari va vakolatlari
- Vazirlik xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini bajarishida va (yoki) Vazirlikning manfaatlarini ifodalashda ushbu Nizomda belgilangan tamoyillarga amal qilishlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan o‘zlarini saqlashlari shart.
- Xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun Vazirlik xodimlari:
ushbu Nizom talablariga rioya qilishi;
faqat Vazirlik manfaatlarini ko‘zlashi;
o‘z mansab va xizmat mavqeyidan faqat Vazirlik manfaatlari yo‘lida foydalanishi;
Vazirlik manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar to‘g‘risida Vazirlikning Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish bashqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga karshi kurashish bashqarmasi)ni xabardor kilishi;
nepotizm (qarindoshlik), shafelik, favoritizm, kronizm, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikning namoyon bo‘lishiga qat’iy chek qo‘yishi;
potensial yoki real manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilishi;
o‘zining yaqin qarindoshlari va aloqador shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq ro‘yxatini, o‘zining va ularning nodavlat notijorat Vazirliklaridagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni halol, to‘liq va vijdonan oshkor qilishi;
agarda vazirlikning boshqa xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligiga oid ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda ichki hujjatlarda belgilangan tartibda xabar berishi shart.
- Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida Vazirlik xodimi quyidagi hollarda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi kerak, agar:
xodimning bevosita bo‘ysunuvida yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar bo‘lsa;
belgilangan tartibda faoliyati o‘rganilayotgan Vazirlikda xodimning yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar faoliyat yuritsa yoki belgilangan tartibda faoliyati o‘rganilayotgan mansabdor shaxs xodimning yaqin qarindoshi va (yoki) aloqador shaxs bo‘lsa;
xodim yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslarga nisbatan xodimlarga (jumladan, ish haqini hisoblash va to‘lash, mukofotlar, ustamalarga taqdim etish va ularning miqdorini belgilashga) oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etsa.
Mazkur ro‘yxat yakuniy hisoblanmaydi. Vazirlik xodimi yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslarga nisbatan (ular faoliyat yuritayotgan Vazirliklarga) har qanday qarorlar qabul qilish (imtiyozlar berish, litsenziyalar taqdim etish, mahsulotlar sotib olish va shu kabilar) holati potensial manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hollarda, Vazirlik xodimi manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi lozim bo‘ladi.
- Mazkur Nizomning 10-bandida qayd etilgan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni aniqlash uchun xodim qaror qabul qilish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan avval o‘ziga quyidagi savollarni berishi lozim: “Men qarorni vijdonan va xolis qabul qilishim, harakatni amalga oshirishim mumkinmi?” va “Agar bu qarorni boshqa xodim qabul qilganda, xuddi men qabul qilgan qarorni qabul qilgan bo‘larmidi?”. Agar xodim bu savollardan bittasiga bo‘lsa ham “Yo‘q” deb javob bersa, manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi xatari yuzaga keladi.
- Vazirlikda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash borasida quyidagilar amalga oshiriladi:
xodimlarni ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashda, shuningdek boshqa holatlarda manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi axborot jamlanadi;
har bir xodim mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatini aniqlaydi hamda o‘zining rahbariga va Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limiga xabar beradi;
manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har bir ma’lumot yoki xabar kollegial tartibda o‘rganilib, uning ta’siri aniqlanadi. Qonun hujjatlari talablari doirasida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
- Manfaatlar to‘qnashuvi quyidagicha boshqariladi:
xodimlarni ishga qabul qilishda ularga mazkur Nizom talablari imzo qo‘ydirilgan holda tanishtiriladi;
Nizom talablari bo‘yicha xodimlarga tushuntirish va maslahatlar berish ishlari olib boriladi;
aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari ro‘yxatga olib boriladi;
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini o‘rganish, ularga baho berish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilash Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi;
manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish jarayonining samaradorligini ta’minlash maqsadida kuzatish hamda monitoring amalga oshiriladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi boshqarilishida qonun hujjatlari talablari asosida boshqarishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
- Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hollarda quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin:
xodimning tegishli faoliyatni amalga oshirishda yoki qaror qabul qilishda ixtiyoriy ravishda ishtirok etmasligi yoki chetlashishiga ruxsat berish;
xodimning lavozim vazifalarini ko‘rib chiqish yoki unga o‘zgartirish kiritish;
xodimning shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarga cheklovlar o‘rnatish;
xodimning shaxsiy manfaatlari uning lavozim majburiyatlariga zid bo‘lsa, uni manfaatlar to‘qnashuvi ta’sir etmaydigan boshqa lavozimga o‘tkazish;
xodimning Vazirlik faoliyatiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir etuvchi o‘zining shaxsiy manfaatlaridan voz kechishi;
xodimning shaxsiy manfaatlari Vazirlik faoliyatiga yoki manfaatlariga zid bo‘lsa hamda uni boshqarishning boshqa choralarini qo‘llash imkoni bo‘lmasa xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish.
4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni
oshkor qilish va ko‘rib chiqish tartibi
1-§. Manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilishning umumiy qoidalari
- Vazirlik da manfaatlar to‘qnashuvi holatlari kelib chiqishini oldini olish manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilishning quyidagi shakllaridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
Vazirlik tizimida vakant bo‘lgan bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish;
manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yil oshkor qilish (yillik deklaratsiya);
real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelish fakti bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilish.
2-§. Bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish
- Vazirlik tizimida bo‘sh ish joylariga nomzodlarni, xodimlarni lavozimga tayinlash va ularni rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda deklaratsiya qilish Vazirlikning Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan ma’lumotnoma;
ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rotatsiya qilish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakldagi ariza to‘ldiriladi.
Xodim tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi tomonidan ularda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi bo‘yicha tekshiriladi. Manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganida Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi Vazirlik rahbarini yoki nomzod ishga qabul qilinishi yoki rotatsiya qilinishi nazarda tutilgan tarkibiy bo‘linma faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rahbar o‘rinbosarini xabardor qiladi.
Rahbar ko‘rsatmasiga asosan Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi Vazirlikdagi tegishli tuzilmalar bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralarini ko‘radi.
3-§. Manfaatlar to‘qnashuvini har yillik deklaratsiya qilish
- Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni har yili deklaratsiya quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Vazirlik xodimlari har yili 15-fevralgacha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda har yili ariza topshirishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/mavjud emasligi haqidagi arizani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirishlari va to‘ldirilgan arizani Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limiga taqdim qilishlari lozim;
Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi 10-martgacha manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini ko‘rsatgan xodimlarni aniqlash uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/mavjud emasligi haqida olingan arizalarni tahlil kiladi;
tahlil natijasida faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xodimlar aniqlansa, bunday xodimlar haqidagi ma’lumot Vazirlik Odob-ahloq komissiyasiga taqdim qilinadi;
Vazirlik Odob-ahloq komissiyasi xodimning bevosita rahbari va (zarurat bo‘lganda) xodim ishtirokida 20-martgacha manfaatlar to‘qnashuvi holatini ko‘rib chiqadi va manfaatlar to‘qnashuvi bilan tavsiflanadigan vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi haqida qaror chiqaradi. Mazkur qaror komissiya bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomada chora-tadbirlarni ishlab chiqishga mas’ul tuzilma (mansabdor shaxs) belgilab qo‘yiladi;
Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi tomonidan 25-martgacha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reestriga kiritiladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqidagi elektron ma’lumotlarni jamlaydi va saqlaydi;
har yili I chorakda Vazirlikning Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish, aniqlash va hal qilish bo‘yicha statistika tahlilini Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasi) va Vazirlik rahbariga kiritadi.
4-§. Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish fakti bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirish
- Real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi fakti bo‘yicha ma’lumotlarni deklaratsiya qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Vazirlik xodimida manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqqanda, u mazkur holat unga ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bu haqda bevosita rahbariga real yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi sifatida tavsiflanadigan holatni batafsil bayon etgan holda, mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabar berishi lozim;
xodimning bevosita rahbari xodimdan yozma xabarni olgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotni ko‘rib chiqishi va manfaatlar to‘qnashuvini barataraf qilish bo‘yicha taklif bilan xabarnomani Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tegishli choralarni ko‘rish uchun taqdim etishi shart;
Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi xodimning bevosita rahbari bilan hamkorlikda manfaatlar to‘qnashuvini barataraf etish choralarini ko‘radi yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi haqida xulosa qilinib, Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasi va Vazirlik rahbariga yozma shaklda tegishli ma’lumot kiritiladi.
5-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari
- Vazirlik manfaatlarining buzilishini oldini olish maqsadida real manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari imkon qadar tezroq amalga oshirilishi lozim.
- Vazirlik da manfaatlar to‘qnashuvlarini boshqarishda quyidagi choralar belgilanishi kerak:
bevosita bo‘ysunadigan xodimni yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxs bo‘ysunuviga o‘tkazish;
manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ular bo‘yicha qaror chiqarish jarayonida qatnashishdan xodimning o‘z ixtiyoriga ko‘ra chetlashish, o‘zini o‘zi rad etishi yoki uni majburan (doimiy yoki vaqtincha) chetlashtirilishi;
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimning lavozim majburiyatlari doirasini qayta ko‘rib chiqish;
xodim tomonidan uning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan va manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan Vazirlik ning ma’lumotlari va hujjatlaridan foydalanilishini cheklash;
yuqoriroq lavozimni egallab turgan yaqin qarindosh va (yoki) aloqador shaxsga nisbatan lavozimni ko‘tarish, faoliyatini baholash, mukofot pullarini to‘lash va ish haqiga ustamalarni hisoblash, o‘qishga va treninglarga hamda turli masalalar bo‘yicha xorijga yuborish, mehnat ta’tiliga chiqishga rozilik berish va ish haqini nazorat qilish haqida jamoaviy tarzda qaror qabul qilinishini ta’minlash;
xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnatga oid funksiyalarni bajarishini nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish va boshqa holatlar.
- Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 20-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi mumkin:
xodim tomonidan Vazirlikning manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechishi;
xodim tomonidan Vazirlik manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechmaganda uning mehnat shartnomasini bekor qilish.
- Har bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan kelib chiqib, xodim bilan Vazirlikning kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
- Vazirlikda Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi va xodimning bevosita rahbari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini barataraf etish choralari va qabul qilingan qarorlar Odob-axloq komissiyasining eng yaqindagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, bu haqda majlis bayonnomasida aks ettiriladi.
- Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasi xodim e’tiroziga yoki rahbar topshirig‘i, shuningdek, o‘z tashabbusi bilan Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi va xodimning bevosita rahbari, shuningdek, odob-ahloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshirish huquqiga ega.
6-bob. Axborotning konfedensialligi
- Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda qatnashadigan xodimlar olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ushbu ma’lumotlardan faqat ko‘rib chiqish, hisobga olish va hal etish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishini ta’minlashi lozim.
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Vazirlik ning xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi fakti yoki gumoni haqidagi xabar bilan Vazirlikga murojaat qilinganida uni ko‘rib chiqish Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasi tomonidan Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur Nizom va boshqa ichki hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
7-bob. Reestrni yuritish va saqlashga qo‘yiladigan talablar
- Vazirlikning Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Reestrga kiritish yo‘li bilan o‘z vaqtida va to‘liq yuritishlari shart. Bunda, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning Reestridagi ma’lumotlar markaziy apparat Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi tomonidan Vazirlikning umumiy Reestiriga birlashtirib boriladi. Umumiy Reestr Ichki audit, komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bashqarmasiga har chorakda taqdim etib boriladi.
- Ma’lumot Reestrga quyidagi hollarda kiritilishi kerak:
Vazirlikga ishga qabul qilishda – nomzod manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/mavjud emasligi haqida arizada manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini ko‘rsatgan bo‘lsa va Vazirlik rahbari manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi faktini tasdiqlasa;
lavozimga tayinlash/rotatsiya qilish vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilishda – Vazirlik rahbari tomonidan buyruq imzolangan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan;
manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishiga ko‘ra – Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi va xodimning bevosita rahbari tomonidan chora ko‘rilgan taqdirda;
Vazirlik xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlar har yili deklaratsiya qilinganda – mazkur Nizomning 17-bandiga muvofiq;
manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi haqida aloqa kanallaridan olingan ma’lumot tasdiqlanganda;
ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganda va Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va talablariga rioya qilinishi monitoring qilinganda hamda Vazirlik rahbari tomonidan Reestrga ma’lumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida.
- Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuviga tegishli bo‘lgan ariza va xabarnomalari hamda boshqa ma’lumotlar Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limida saqlanadi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
- Egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, barcha xodimlar, ushbu Nizomning talablariga rioya qilish, shuningdek, o‘z manfaatlarining to‘qnashuvi to‘g‘risida Vazirlikga o‘z vaqtida va to‘liq ma’lumot berish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
- Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomga
1-ilova
Nomzod/xodim ma’lumotnomasining
TAXMINIY SHAKLI
MA’LUMOTNOMA
F.I.Sh. (to‘liq)
|
rasm |
_______________ (oxirgi ish joyida ish boshlagan sanasi):
_______________ (oxirgi egallagan lavozimi)
Tug‘ilgan sanasi: Tug‘ilgan joyi:
____________ _________________
Millati: Partiyaviyligi:
____________ _________________
Ma’lumoti: Tugatgan:
_________________ _________________
Ta’lim mutaxassisligi: _________________
Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:
_________________ _________________
Qanday chet tillarini biladi: Harbiy (maxsus) unvoni:
_________________ _________________
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanday)?:
Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi
yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
MEHNAT FAOLIYATI
(F.I.Sh. to‘liq)ning yaqin qarindoshlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
|
Qarindoshlik darajasi |
Familiyasi, ismi va sharifi |
Tug‘ilgan sanasi va joyi |
Ish joyi va lavozimi |
Yashash manzili |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
(F.I.Sh. to‘liq)ning yaqin qarindoshlari ustav kapitalida ulushga ega yoki boshqaruvida ishtirok etayotgan yuridik shaxslarga doir
MA’LUMOTLAR
|
Yuridik shaxs nomi, ro‘yxatdan o‘tgan raqami |
Egalik subyekti va qarindoshlik |
Egalik ulushi / boshqaruvdagi roli |
Yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tijorat Vazirliklarining ustav kapitalida ishtirok etayotgan
(F.I.Sh. to‘liq) va unga aloqador shaxslarga* doir
MA’LUMOTLAR
|
Tijorat Vazirliki nomi, ro‘yxatdan o‘tgan raqami |
Egalik ulushi |
|
|
|
|
|
|
* Aloqador shaxslar ro‘yxati xodim ustav kapitalida ishtirok etayotgan Vazirlik haqidagi ochiq manbalardan olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomga 2-ilova
Ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizaning
NAMUNAVIY SHAKLI
|
F.I.Sh. (to‘liq) ___________________________________________________ |
|
|
Nomzod da’vogarlik qilayotgan tarkibiy bo‘linma nomi ___________________________________________ |
|
|
Nomzod da’vogarlik qilayotgan lavozim _____________________________ |
|
|
To‘ldirilgan sana _______________ |
|
|
Ushbu arizada quyidagi atamalar qo‘llaniladi: yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, mansabdor shaxs: doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, Vazirliklarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xalqaro Vazirlikda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs; manfaatlar to‘qnashuvi – Vazirlik xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, Vazirliklarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat; xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari).
|
|
|
1. |
Agar sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar Vazirlikda ishlayotgan bo‘lsa, ularning lavozimini va tarkibiy bo‘linmasini ko‘rsating (agar ular ishlamasa, “yo‘q” deb yozing). |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
2. |
Boshqaruv organi (boshqaruv, kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va h.k.) xodimi, a’zosi, qandaydir Vazirlik direktori yoki vakilimisiz? Javob berayotganingizda tashkiliy-huquqiy va mulkiy shakli, shuningdek, mazkur Vazirliklardan qandaydir kompensatsiya olishingizdan qat’iy nazar har qanday Vazirlik, tijorat va notijorat Vazirliklaridagi o‘rningizni hisobga oling. (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida barcha tegishli Vazirliklar nomi va ulardagi o‘rningiz (lavzoimingiz)ni ko‘rsatib o‘ting. |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
3. |
Sizda / yaqin qarindoshlaringizda qandaydir Vazirliklarda qandaydir moliyaviy manfaatdorligi bormi (jumladan, ustav kapitalida ishtirok etish, aksiya va oblagatsiyalarga egalik qilish) yoki Siz boshqa tarzda bunday Vazirliklar qarorlariga ta’sir ko‘rsata olasizmi? (agar siz har qanday Vazirlikning ommaviy muomalada bo‘lmagan aksiyalari yoki ustav kapitalidagi ulushi yoki har qanday Vazirlikning Respublika fond birjasi yoki boshqa fond birjasining ommaviy muomalasida bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlarining 5 va undan ko‘p foiziga egalik qilsangiz) (Izoh:«Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini belgilang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, «Izohlar» satrida barcha tegishli Vazirliklar nomi va Sizning ulardagi manfaatingiz turi ustav kapitalidagi ishtirokingiz ulushi, aksiyalarga egalik qilish va h.k. larni ko‘rsatib o‘ting.) |
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
|
4. |
Yaqin qarindoshlaringiz va/yoki sizga aloqador shaxslar davlat organlari va Vazirliklarida, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida muassasalarida ishlaydimi? (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini belgilang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, «Izohlar» satrida bunday qarindosh(lar), aloqador shaxs (lar)ning F.I.Sh., uning (ularning) lavozimi va bo‘linmasi/bo‘limi/boshqarmasini qayd etgan holda aniq ish joyini ko‘rsatib o‘ting.) |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
5. |
Sizga Vazirlik xodimlari tomonidan uning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid ichki hujjatlarini buzish yoki ehtimoliy buzish bilan bog‘liq holatlar ma’lummi? (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida bu haqida batafsil yozing) |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
6. |
Yaqin qarindoshlaringiz boshqaruv organlari (boshqaruv, kuzatuv kengashi, direktorlar kengashi va h.k.) xodimi, a’zosi, Vazirlik direktori yoki vakilimi? Javob berayotganingizda tashkiliy-huquqiy va mulkiy shakli, shuningdek, mazkur Vazirliklardan qandaydir kompensatsiya olishidan qat’iy nazar ularning har qanday Vazirlik, tijorat va notijorat Vazirliklaridagi o‘rnini hisobga oling. (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida barcha tegishli Vazirliklar nomi va yaqin qarindoshingizning ulardagi o‘rni (lavzoimlari)ni ko‘rsatib o‘ting.) |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
7. |
Yaqin qarindoshlaringiz davlat organlarining mansabdor shaxsi hisoblanadimi? (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida bunday qarindoshingiz (laringiz)ning FISh), uning (ularning) lavozimi va Vazirlik nomini ko‘rsatib o‘ting.) |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
8. |
Shaxsiy manfaatlaringiz, yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar manfaatlari yo‘lida maxfiy hisoblangan, davlat organlari va Vazirliklarida ishlash davomida ma’lum bo‘lgan axborotdan foydalanganmisiz (jumladan, qandaydir jismoniy shaxs yoki Vazirlikga oshkor qilganmisiz)? (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida bu haqida batafsil yozing) |
|
|
Ha / Yo‘q |
|
|
Izohlar: |
|
9. |
Manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa shart-sharoitlar mavjud bo‘lsa, ularni ko‘rsatib o‘ting |
|
|
Izohlar: |
|
|
Zarur topsangiz, har qanday qo‘shimcha ma’lumotni ko‘rsating |
|
|
Izohlar: |
Ushbu arizani imzolab, quyidagilarni tasdiqlayman:
- Menda manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan holatlar mavjud/mavjud emas (tegishli javobning tagini chizing).
- Men ushbu arizada aks etgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligiga hamda men ushbu ma’lumotlarni tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman.
- Vazirlikda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga binoan, men to‘ldirgan har qanday arizani haqqoniyligiga ta’sir qiladigan yangi holatlar to‘g‘risida Vazirlikga darhol xabar berish majburiyatini olaman.
_______________ ______________ ____________________
(F.I.Sh.) (imzo) (sana)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomga 3-ilova
Rotatsiya/lavozimga tayinlanishda yoki yillik deklaratsiyani to‘ldirish vaqtida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizaning
NAMUNAVIY ShAKLI
|
F.I.Sh. (to‘liq) |
|
|
|
Nomzod da’vogarlik qilayotgan tarkibiy bo‘linma nomi |
|
|
|
Nomzod da’vogarlik qilayotgan lavozim |
|
|
|
To‘ldirilgan sana |
|
|
|
Ushbu arizada quyidagi atamalar qo‘llaniladi: yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari.aloqador shaxslar – Vazirlik xodimi bilan tijorat Vazirliklarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi bundan mustasno;manfaatlar to‘qnashuvi – Vazirlik xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, Vazirliklarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari); |
||
|
1 |
Agar sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar Vazirlikda ishlayotgan bo‘lsa, ularning lavozimini va tarkibiy bo‘linmasini ko‘rsating (agar ular ishlamasa, “yo‘q” deb yozing). |
|
|
|
||
|
2 |
Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar tijorat Vazirliklarining ustav kapitalida ishtirok etsa (yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lsa), sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi deb o‘ylaysizmi? (agar ishtirok etsa ularni ko‘rsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar to‘qnashuviga olib kelsa sababini ko‘rsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb ko‘rsating). |
|
|
|
||
|
3 |
Agar siz, sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar nodavlat notijorat Vazirliklarini boshqarishda qatnashsa, sizning egallab turgan lavozimingiz manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi deb o‘ylaysizmi? (agar ishtirok etsa ularni ko‘rsating, ishtirok etmasa, “ishtirok etmaydi”, agar u manfaatlar to‘qnashuviga olib kelsa sababini ko‘rsating, olib kelmasa, “olib kelmaydi” deb ko‘rsating). |
|
|
|
||
|
4 |
Sizning yaqin qarindoshlaringiz yoki aloqador shaxslar davlat idoralarida va Vazirliklarida ishlaydimi? Agar javob “ha” bo‘lsa qaysi Vazirlikligini, lavozimini ko‘rsating. |
|
|
|
|
|
|
5 |
Sizga Vazirlik xodimlari tomonidan uning etika va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid ichki hujjatlarini buzish yoki ehtimoliy buzish bilan bog‘liq holatlar ma’lummi? (Izoh: «Ha» yoki «Yo‘q» javoblarini tanlang; agar javobingiz «Ha» bo‘lsa, izohlar satrida bu haqida batafsil yozing) |
|
|
|
||
|
6 |
Lozim deb topsangiz qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsating. |
|
Ushbu arizani imzolab, quyidagilarni tasdiqlayman:
- Menda manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan holatlar mavjud/mavjud emas (tegishli javobning tagini chizing).
- Men ushbu arizada aks etgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligiga hamda men ushbu ma’lumotlarni tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan tekshirilishiga rozilik bildiraman.
- Vazirlikda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom talablariga binoan, men to‘ldirgan har qanday arizani haqqoniyligiga ta’sir qiladigan yangi holatlar to‘g‘risida Vazirlikga darhol xabar berish majburiyatini olaman.
_______________ ______________ ____________________
(F.I.Sh) (imzo) (sana)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomga 4-ilova
Manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobga olish
REESTRI
|
№ |
Ma’lumot olingan sana |
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan xodimning F.I.Sh |
Vazirlik tarkibiy tuzilmasi va xodimining lavozimi |
Manfaatlar to‘qnashuvining predmeti |
Manfaatlar to‘qnashuvining turi (haqiqiy yoki potensial) |
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha choralar |
Odob-ahloq komissiya yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasi, Inson resurslsrini rivojlantirish va bashqarish bo‘limi tomonidan qabul kilingan qaror rekvizitlari |
Belgilangan choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha mas’ul shaxs |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizomga 5-ilova
______________________________ ga
(bevosita rahbarning F.I.Sh. to‘liq)
_____________________________ dan
(F.I.Sh. to‘liq)
_____________________________
(Vazirliki, lavozimi)
_____________________________
(aloqa telefon raqami)
Manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi ehtimoli haqida
X A B A R N O M A
Vazirlikning 20___-yil “____” ______________ dagi “____” -sonli buyrug‘iga asosan men, _________________________________________________________________
(F.I.Sh, lavozimi)
sizga manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish ehtimoli haqida quyidagilarni xabar qilaman: ______________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Shaxsiy manfaatlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita) xizmat vazifalarini bajarishiga ta’sir qilayotgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan va xodimning shaxsiy manfaati bilan Vazirlikning manfaatlariga zid kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni tasvirlaydi).
_______________ ______________ ____________________
(F.I.Sh.) (imzo) (sana)
Xodimning bevosita rahbari tomonidan to‘ldiriladi
Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun quyidagi choralar taklif qilinadi:__________________________________________________
(manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish uchun ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi)
_______________ ______________ ____________________
(rahbarning F.I.Sh.) (imzo) (sana)