Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligining
2024-yil 19-sentabrdagi 147-sonli
buyrug‘iga 3-ilova
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash
USLUBIYOTI
1 bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur uslubiyot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) va tizim tashkilotlariga yuklangan vazifa hamda majburiyatlarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bo‘yicha qoidalarni belgilab beradi hamda Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashga yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.
- Quyidagilar Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning maqsadi hisoblanadi:
Vazirlik faoliyatini kompleks tahlil qilish orqali korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p moyil bo‘lgan funksiya va lavozimlarini belgilash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha samarali oldini olish choralarini ishlab chiqish.
- Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash quydagilarning ishlab chiqilishini nazarda tutadi:
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi;
Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish choralar (tadbirlar)ni, mas’ul shaxslarni, amalga oshirish mexanizmi va muddatlarini o‘z ichiga belgilab olgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur.
- Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash har yili yoki quyidagi holatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladi:
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni birlamchi baholash zaruriyati;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablarining o‘zgarishi;
funksiya yoki tartib-taomilning amalga oshirilishiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi Vazirlikning ichki hujjatlari o‘zgarishi;
Vazirlik tuzilmasining, funksiyalarini amalga oshirishida o‘ziga xos jihatlarining o‘zgarishi, yangi funksiyalarning yuklanishi;
Vazirlik funksiyalarining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa shart-sharoitlarning kelib chiqishi.
- Ushbu Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qoldiq xavf-xatar – korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtirishga qaratilgan choralar qabul qilingandan so‘ng qoluvchi xavf-xatar (ya’ni, amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatni va tartib-taomillarni, xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni va joriy etilgan nazoratlarni hisobga olgan holda);
korrupsiyaviy xavf-xatar – xodimlar yoki uchinchi shaxslar tomonidan Vazirlik nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish xavfi;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash – Vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarni tahlil qilish, ularning korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik darajasini aniqlash, shuningdek, funksiyalar doirasida amalga oshiriladigan tegishli tartib-taomillar uchun o‘ziga xos va qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash faoliyati;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi – Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan va Vazirlik funksiyalari va tartib-taomillarining umumiy ro‘yxati, tegishli funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq ehtimoliy korrupsiyaviy xavf-xatar (sxemalar) tasnifi, o‘ziga xos va qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi, ularni minimallashtirish choralari va aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar lavozimlarini o‘z ichiga oluvchi birlashgan hujjat;
korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishi, shu jumladan pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy harakterdagi xizmatlar olish, talab qilish, undirish, taklif qilish yoki berish, pora berish va/yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
tartib-taomil – Vazirlik funksiyalarini amalga oshirish doirasidagi xodimlar, bo‘linmalar tomonidan bajariladigan yoki bitta natijaga qaratilgan, yohud ma’lum bir funksiyaning ajralmas elementi hisoblangan, alomatlar bo‘yicha bir guruhga birlashtirish mumkin bo‘lgan harakatlar yig‘indisi;
funksiya – bir nechta tartib-taomilni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan Vazirlikning ichki jarayon (faoliyat yo‘nalishlari)laridan biri;
ekspert fikri – aniq fakt yoki hodisa bo‘yicha xodim yoki bo‘linmaning sub’ektiv qarashi yoki fikriga asoslangan qarori.
o‘ziga xos xavf-xatar – Vazirlik faoliyati va amalga oshirilayotgan funksiyalari spesifikasidan kelib chiqadigan xavf-xatari, shu bilan birga uni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobga olinmagan holda (ya’ni, amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va tartib-taomillari, xavf-xatalarni minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar va joriy etilgan nazoratlar hisobga olinmagan holda);
hududiy yoki tarkibiy bo‘linmaning korrupsiyaviy xavf-xatarlari xaritasi – Vazirlikning hududiy yoki tarkibiy bo‘linmasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan hamda organ yoki muassasa funksiyalari va tartib-taomillarining umumiy ro‘yxati, tegishli funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq ehtimoliy korrupsiyaviy xavf-xatar (sxemalar) tasnifi, o‘ziga xos va qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi, ularni minimallashtirish choralari va aniqlangan korrupsiyaviy xatarni minimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar lavozimlarini o‘z ichiga oluvchi hujjat.
- Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi (keyingi o‘rinlarda – Ichki nazorat tuzilmasi) tomonidan vazir topshirig‘i asosida amalga oshiriladi. Vazir topshirig‘ida baholashni o‘tkazish aniq muddatlari ko‘rsatiladi.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda Ichki nazorat tuzilmasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullarni jalb qilgan holda Vazirlikda xavf-xatarlarni baholash jarayonini tashkillashtiradi;
Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash jarayoni ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
Vazirlikdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar, shuningdek Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalariga mazkur Uslubiyotda ko‘zda tutilgan tartibga rioya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi;
markaziy apparat bo‘linmalarining korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzadi va Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishiga mas’ul rahbar o‘rinbosari bilan kelishadi;
markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlari xaritasini Vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasiga umumlashtiradi;
Vazirlik rahbari va tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga xavf-xatarlarni baholash natijalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasini taqdim etadi;
tasdiqlangan xavf-xatarlar xaritasi asosida hududiy va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va ularni qabul qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
markaziy apparat bo‘linmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturini ishlab chiqadi va Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishiga mas’ul rahbar o‘rinbosari bilan kelishadi;
markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi asosida Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqadi;
Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini muvofiqlashtiradi va ularni nazorat qiladi;
ushbu Uslubiyotda ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ichki nazorat tuzilmasi zarur hollarda markaziy apparat tarkibiy bo‘linma rahbarlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullardan qo‘shimcha axborot va hujjatlarni talab qilib oladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholanishini tashkil qiladi va o‘tkazadi;
tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzadi va ushbu Uslubiyotda ko‘zda tutilgan tartibda kelishilishini ta’minlaydi;
tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu Uslubiyotda ko‘zda tutilgan tartibda kelishilishini ta’minlaydi;
tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
ushbu Uslubiyotida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar zarur hollarda tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linma xodimlaridan qo‘shimcha axborot va hujjatlarni talab qilib oladi.
2 bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash
- Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash jarayoni tegishli buyruqlar va ularda ko‘rsatilgan muddatlar asosida amalga oshiriladi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholashning umumiy muddati
3 oydan oshmasligi lozim.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik darajasini dastlabki baholash va tegishli funksiyalar doirasida Vazirlik xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan ayrim tartib-taomillarning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasini baholashni o‘z ichiga oladi.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash, pastdan tegishli markaziy, hududiy va tarkibiy bo‘linmalardan) tepaga (Vazirlik darajasigacha), mazkur bobning 12–21-bandlarida ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
- Ichki nazorat tuzilmasi ushbu Uslubiyotiga 1-ilovada keltirilgan Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatma yuborilishini ta’minlaydi.
Ko‘rsatmada tasdiqlangan Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini Ichki nazorat tuzilmasiga taqdim etish muddatlari ko‘rsatilib, bu muddat yigirma besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
- Vazirlikning markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tegishli bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilib, Ichki nazorat tuzilmasiga markaziy apparat uchun yagona Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzish maqsadida kiritiladi. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish yunalishiga mas’ul rahbar o‘rinbosari bilan kelishiladi.
- Vazirlikning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tegishli bo‘linmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullari tomonidan ishlab chiqiladi va tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linma rahbarlari bilan kelishiladi. Tegishli rahbar bilan kelishilgan Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi Ichki nazorat tuzilmasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
- Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga oid savollar yuzaga kelgan taqdirda, Ichki nazorat tuzilmasi xodimlari tegishli tarkibiy bo‘linmaga izoh berish yoki xaritaga tuzatish kiritish uchun so‘rov yuboradi. Bunda, so‘rovga javob so‘rov olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda yuborilishi lozim.
- Ichki nazorat tuzilmasi xodimlari o‘z ekspertlik fikriga tayangan holda Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.
- Markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari asosida Ichki nazorat tuzilmasi Vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasini ishlab chiqadi.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasini tuzish muddati, markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmaning korrupsiyaviy xavf-xatarlari xaritasi tasdiqlangan sanadan boshlab, o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi Vazirlik Ichki nazorat tuzilmasi taqdimnomasiga asosan Vazirlik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
- Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarning yuqori darajasi bilan ifodalanadigan tartib-taomillar uchun Ichki nazorat tuzilmasi va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ullar ushbu Uslubiyotning 2-ilovasiga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini ishlab chiqadi.
- Vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati Ichki nazorat tuzilmasi va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ullar taqdimnomasiga asosan Vazirlik rahbari va tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ullar tomonidan tasdiqlangan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasida belgilangan chora-tadbirlarga asosan hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi ushbu Uslubiyotning 3-ilovasiga muvofiq Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning xaritasi tasdiqlangan sanadan o‘n ish kuni ichida ishlab chiqilib tasdiqlanadi.
Hududiy va tarkibiy bo‘linmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi Ichki nazorat tuzilmasi bilan kelishilgandan so‘ng tegishli hududiy va tarkibiy bo‘linma rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
- Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi markaziy apparat bo‘linmalarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarini inobatga olgan holda Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda vazir tomonidan tadiqlanadi.
3-bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarning keyingi (har yillik) baholanishi
- Vazirlikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning keyingi baholanishi doimiy ravishda, bir yilda kamida bir marta, qoida tariqasida yil boshida vazirning tegishli buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.
Keyingi (har yillik) korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash muddati 2 oydan oshmasligi lozim.
- Yillik korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ushbu uslubiyotning 2-bobida ko‘rsatilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni dastlabki baholash tartibida amalga oshiriladi.
- Har yillik korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash boshlanishidan oldin Ichki nazorat tuzilmasi Vazirlikning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga oldingi baholash davriga nisbatan qonunchilikda yoki ichki idoraviy hujjatlarga kiritilgan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida ushbu Uslubiyotga 4-ilovaga mos shaklda So‘rovnoma yuboradi.
- Ichki nazorat tuzilmasi markaziy apparat, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan to‘ldirilgan So‘rovnomalarni yig‘adi, tahlil qiladi.
4-bob. Vazirlikda amalga oshiriladigan funksiyalar va tartib-taomillarning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasini baholash tartibi
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tashqi va ichki axborot manbalaridagi ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshiriladi, jumladan:
Vazirlikning funksiyalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va Vazirlikning ichki hujjatlari (misol uchun, tarkibiy bo‘linmalar, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari to‘g‘risidagi nizomlar va h.k.);
ichki tekshiruvlar materiallari, shu bilan birga xizmat tekshiruvlari materiallari;
ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha monitoring natijalari;
odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlari natijalari;
manfaatdor tomonlar, davlat xizmati oluvchilar, ekspertlar va boshqa manfaatdor shaxslar orasida o‘tkazilgan so‘rov, jumladan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Vazirlikning xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlarga oid murojaatlar;
Vazirlik faoliyatidagi huquqbuzarliklarga oid statistik ma’lumotlar;
korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojjatlari;
Vazirlik xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar yoki odob-ahloq qoidalariga rioya qilmaslik to‘g‘risida OAVdagi ma’luomotlar;
ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan izohlar;
huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan taqdim etilgan materiallar, jumladan jinoyat ishlariga doir axborotlar va boshqalar.
- 29.Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash jarayonida Vazirlikning har bir funksiyasi va tartib-taomili bo‘yicha korrupsiyaviy harakatlarni sodir etilishi imkoniyatlar borligi bo‘yicha tahlil qilish lozim.
- 30.Har bir funksiya quyidagi shkala bo‘yicha baholanadi:
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan funksiya;
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng kam moyil bo‘lgan funksiya.
- O‘rganilayotgan funksiya doirasida amalga oshirilayotgan tartib-taomillarning o‘ziga xos xavf-xatarini baholash quyidagi mezonlarga ko‘ra amalga oshiriladi:
o‘ziga xos yuqori xavf-xatar korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan funksiyalar doirasida amalga oshiriladigan tartib-taomillarga beriladi;
o‘ziga xos o‘rta xavf-xatar korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng kam moyil bo‘lgan funksiyalar doirasida amalga oshiriladigan tartib-taomillarga beriladi;
o‘ziga xos past xavf-xatar xavf-xatarlar ko‘zda tutilmagan va Vazirlikning Ichki nazorat tuzilmasining asosli xulosasi asosida istisno tariqasida qo‘llanilishi mumkin.
- Qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar darajasini baholash xavf-xatarli hodisani amalga oshishining ehtimoli (mazkur Uslubiyotning 5-ilovasi 5.1-jadvaldagi mezonlarga qarang) va korrupsiyaviy xavf-xatarning oqibat darajasi (mazkur Uslubiyotning 5-ilovasi 5.2-jadvalidagi mezonlarga qarang)ni hisobga olgan holda xavf-xatarlar ahamiyatlilik shaklidan foydalanib amalga oshiriladi (mazkur Uslubiyot 5-ilovasidagi 5.1-rasm).
5-bob. Korrupsiyaviy xavf-xatarning qoldiq darajasini minimallashtirish choralari
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish chora-tadbirlarini belgilashda:
har bir chora Vazirlik xodimlari uning maqsadlari, pirovard natijasi va ma’lum bir korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtirish bilan aloqasini tushunishi uchun aniq va ravshan ifoda etilishi;
har bir chora uchun uni amalga oshirish muddati yoki davriyligi belgilanishi, uni amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar, amalga oshirilishini monitoring qilish va samaradorligini baholash mexanizmlari aniqlab olinishi zarur.
- 34.Vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasiga kiritilgan, aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish chora-tadbirlari Vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlariga ham kiritiladi (mazkur Uslubiyotning 6-ilovasi).
- 35.Vazirlikdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish ustidan nazorat Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
- 36.Zarurat bo‘lganda, Vazirlikning korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Korrupsiyaga karshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi tomonidan vazirga takliflar kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga 1-ilova
(Vazirlik nomi)
Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi
|
№ |
Funksiya nomi
|
Funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatarga moyillik darajasi(eng ko‘p moyil / eng kam moyil)
|
Funksiya doirasida bajarilayotgan tartib-taomil nomi
|
Tartib-taomilni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (lavozimi, bo‘linmasi)
|
Ehtimoliy korrupsiyaviy sxema (xavf-xatar)ning qisqacha ta’rifi
|
O‘ziga xos korrupsiyaviy xavf-xatar (yuqori/
|
Mavjud nazorat tartib-taomillari / korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish choralari
|
Nazorat tartib-taomillari/ |
Nazorat tartib-taomillari/korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mas’ul shaxslar (lavozimi, bo‘linmasi) |
Qoldiq xavf-xatar darajasi (yuqori / o‘rta / past)
|
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari |
Izohlar (zarur hollarda)
|
|
1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
- Bo‘linma
1.1. Organ yoki muassasa nomi
1.2. Departament/Boshqarma
1.3. Bo‘lim
- To‘ldirish uchun mas’ul
2.1. F.I.Sh.
2.2. Lavozimi
2.3. Bog‘lanish uchun (elektron pochta, telefon)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga
2-ilova
Korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar
RO‘YXATI
|
№ |
Vazirlik nomi
|
Vazirlik tuzilmasi nomi
|
Lavozim (funksiyalarini bajarish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarni ko‘rsatgan holda) |
|
1.1. |
|
|
|
|
… |
|
|
|
|
2.1. |
|
|
|
|
… |
|
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga
3-ilova
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi
|
№ |
Vazirlik nomi
|
Korrupsiyaviy xavf–xatarni minimmallashtirish bo‘yicha choralar/tadbirlar/tartib-taomillar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddatlari
|
Mas’ul ijrochilar (F.I.Sh., lavozimi)
|
|
1.1. |
|
|
|
|
|
|
1.2. |
|
|
|
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
2.1. |
|
|
|
|
|
|
2.2. |
|
|
|
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga 4-ilova
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarini
tasniflash bo‘yicha so‘rovnoma
ShAKLI
Quyidagi savollarga javob bersangiz (keraklisini tagiga chizing):
- Korrupsiyaviy xavf-xatar so‘nggi martta baholangandan so‘ng qonunchilikda qandaydir o‘zgarishlar sodir bo‘lganmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, quyida keltirilgan jadvalga tegishli ma’lumotlarni kiriting.
- A) Ha B) Yo‘q
- Tarkibiy bo‘linmangiz tomonidan bajariladigan tuzilma yoki funksiya faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarda korrupsiyaviy xavf-xatar so‘nggi martta baholangandan so‘ng qandaydir o‘zgarishlar sodir bo‘lganmi? Agar javob ijobiy bo‘lsa, quyida keltirilgan shaklga tegishli ma’lumotlarni kiriting.
- A) Ha B) Yo‘q
- Korrupsiyaviy xavf-xatar so‘nggi martta baholangandan so‘ng davlat boshqaruv organlari faoliyati/tuzilmasida tarkibiy bo‘linmangiz tomonidan bajarilayotgan funksiyaga ta’sir qilgan/ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qandaydir o‘zgarishlar yuz berdimi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, quyida keltirilgan shaklga tegishli ma’lumotlarni kiriting.
- A) Ha B) Yo‘q
- Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni avvalgi baholashda ko‘zda tutilgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildimi? Nima va qachon amalga oshirilganini ta’riflab bering. Agar amalga oshirilmagan yoki qismay amalga oshirilgan bo‘lsa, sababini yozing.
- A) Ha B) Yo‘q V) Qisman amalga oshirilgan
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim Vazirliklarida funksiyalarni bajarish va tartib-taomillarni amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa shart-sharoitlar mavjudmi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, quyida keltirilgan jadvalga tegishli ma’lumotlarni kiriting.
- A) Ha B) Yo‘q
|
№ |
Vazirlik nomi |
Vazirlik tuzilmasi nomi |
Funksiyalar o‘zgargani sabablari |
O‘zgargan funksiya ta’rifi |
Funksiya doirasida bajarilayotgan yangi/o‘zgargan tartib-taomillar |
Tartib-taomillarni bajarish uchun mas’ul shaxslar (F.I.Sh., lavozimi) |
|
1.1.1. |
|
|
|
|
|
|
|
1.1.2. |
|
|
|
|
|
|
|
… |
|
|
|
|
|
|
Davlat organi/idorasi /davlat organi/idorasi tizimi muassasasi ______________________________
Bo‘linma ______________________________________________
To‘ldirayotgan shaxsning lavozimi __________________________________
To‘ldirayotgan shaxsning F.I.Sh. _______________________________________
Imzo ______________________________________________________
To‘ldirish sanasi ______________________________________________
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga
5-ilova
5.1-jadval
Korrupsiyaviy xavf–xatar ehtimoli darajasini
aniqlash mezonlari
|
Ehtimoli
|
Ta’rifi |
|
Yuqori
|
— O‘ziga xos xavf-xatar darajasi yuqori — Nazorat tadbirlarining mavjud emasligi / sezilarli darajada kam-ko‘stini to‘ldirish kerak bo‘lgan nazorat tadbirlarining mavjudligi — Tartib-taomilni ichki hujjatlar yordamida aniq tartibga solinishi mavjud emasligi — Tartib-taomilni avtomatlashtirish mavjud emasligi/darajasi pastligi |
|
O‘rtacha |
— O‘ziga xos xavf-xatar darajasi o‘rta — Tartib-taomil tartibga solingan, kam-ko‘stini oz miqdorda to‘ldirish kerak bo‘lgan nazorat tadbirlari joriy etilgan — Tartib-taomil tartibga solingan, qisman avtomatlashtirilgan, biroq yetarli darajada shaffof emas — O‘ziga xos xavf-xatar darajasi yuqori xavf-xatarni kamaytirish uchun yetarli bo‘lgan nazorat tadbirlari, jumladan Vazirlikning ichki hujjatlari bilan tartibga solingan, kamida uchta shaxs tomonidan kross-funksional nazorat (davlat organi va Vazirliki hududiy va tarkibiy davlat bo‘linmalarining nazorat qilinishi)ni ko‘zda tutuvchi nazorat tadbirlarining mavjudligi — Tartib-taomil qisman yoki to‘liq avtomatlashtirilgan |
|
Past |
— O‘ziga xos xavf-xatar darajasi past — O‘ziga xos xavf-xatar darajasi o‘rta hamda xavf-xatarni kamaytirish uchun yetarli bo‘lgan nazorat tadbirlari, jumladan ichki hujjatlar bilan tartibga solingan, kamida uchta shaxs tomonidan kross-funksional nazoratni ko‘zda tutuvchi nazorat tadbirlarining mavjudligi — Tartib-taomil to‘liq avtomatlashtirilgan
|
5.2-jadval
Korrupsiyaviy xavf–xatarning oqibat (ta’sirchanlik) darajasini aniqlash mezonlari
|
Oqibat darajasi
|
Obro‘ga putur yetkazish
|
Javobgarlik |
|
Yuqori
|
— Xavf-xatar Vazirlikning mamlakat va xalqaro miqyosdagi obro‘siga sezilarli ravishda putur yetkazadi |
— Vazirlik xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tegishli organlarga hujjat yuborish tashabbusi bilan chiqish |
|
O‘rta
|
— OAVda salbiy hodisaning yoritilishi; — Aholi va hamkorlardan salbiy fikrlar va shikoyatlar olish; — xavf-xatar Vazirlik obro‘siga mahalliy darajada putur yetkazadi. |
— Vazirlik xodimlariga nisbatan ma’muriy surishtiruv o‘tkazish uchun hujjatlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborish tashabbusi bilan chiqish |
|
Past
|
— Aholi, mahalliy OAVlardan vaziyatga izoh berishni so‘rab alohida so‘rovlar tushishi mumkin
|
— Davlat organi/idorasi tizimi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish mumkin |