Qorao‘zak, Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida paxta maydonlarini tungi sug‘orish ishlari samarali tashkil etilmoqda

Suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda vegetatsiya mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak, Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida paxta maydonlarini tungi vaqtda sug‘orish ishlari izchil tashkil etilmoqda.

Suv xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi vakillari tomonidan joylarda olib borilgan tungi nazorat tadbirlari davomida qator fermer xo‘jaliklarida sug‘orish ishlari belgilangan tartib asosida tashkil etilgani kuzatildi.

Jumladan, Qorao‘zak tumanidagi «Asan», «Nuratdin jeri», «Aysulu Nur», «Ramazan Nursultan», «Allash qiriq», «Azizbek» fermer xo‘jaliklarida paxta maydonlarini tungi sug‘orish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, Beruniy tumanidagi «Xadicha Berdimurodova», «Nurislam Anira», «Olmosbek Tolkinjon o‘g‘li», «Xuslima Muslima», «Shahzod Javohir», «Aybek Xamroevich», «Umid Umar 2024», «Azat Gulimboev» fermer xo‘jaliklari hamda Qonliko‘l tumanidagi «Bereketli Sari Oltin» va «Beskopirli» fermer xo‘jaliklarida ham tungi sug‘orish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan mazkur fermer xo‘jaliklarida suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, sug‘orish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va suvni belgilangan navbat asosida yetkazish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tungi vaqtda paxta maydonlarini sug‘orishni samarali tashkil etayotgan mazkur fermer xo‘jaliklari bu borada boshqa fermerlar uchun ham ibratli tajriba namoyon etmoqda. Bu kabi yondashuv suv resurslaridan oqilona foydalanish, paxta maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati