Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” hamda Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bosh mutaxassisi Ye.Najimov, bosh yuriskonsult A.Orazbayev mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or, xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilayotganligi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazorati bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berib o‘tishdi.
Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi apparati hamda vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlari rahbarlariga 2017-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati