Xo‘jayli tumani: “Janajap” nasos stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari Xo‘jayli tumanidagi “Janajap” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish va nasos stansiyalar agregatlarini ta’mirlash ishlarini mavsum davomida olib borilishini o‘rganishdi.

Tadbir davomida Boshqarmaning Ishlab chiqarish texnika bo‘limi boshlig‘i Sagidulla Utemuratov elektr energiyasidan samarali foydalanish borasida oldida turgan vazifalar va qish mavsumi davomida nasos agregatlarini sifatli ta’mirlash masalalari xususida to‘laqonli tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, Energetika bo‘limining boshlig‘i Q.Aliyev hozirgi kungacha 8 dona nasos, 23 dona elektrodvigatel, 39 dona kondensator o‘rnatilganligi hisobidan yiliga o‘rtacha 757,178 ming kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishilgani zamonaviy energo tejamkor qurilmalarni o‘rnatishning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Boshqarma mas’ullari «Xo‘jayli-Taxiatosh» bo‘limi boshlig‘i S.Qujanovga nasos stansiyalar atrofida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilib, olingan hosil hisobidan ishchi-xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati