QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
BUYRUQ
2024-yil «19» sentabr Nukus shahri 147-sonli
Suv xo‘jaligi sohasida komplayens nazorat menejmenti tizimlarini tashkil etish to‘g‘risida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlarida ochiqlik, adolatlilik, tenglik, qonun ustuvorligi, shuningdek, xodimlarning odob-axloq va jamiyatda yurish-turish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarini shakllantirish maqsadida
BUYURAMAN
- 0‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va 3319-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati to‘g‘risidagi namunaviy nizom rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 15-iyuldagi 143-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik tasarrufidagi tizim tashkilotlarida ochiqlik, adolatlilik, tenglik, qonun ustuvorligi, shuningdek, xodimlarning odob-axloq va jamiyatda yurish-turish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatlarini shakllantirish bilan bog‘liq hujjatlar quyidagi tartibda, jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Siyosati 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma 4-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida kontragentlarni tekshirishga oid Yo‘riqnoma 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma 6-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizom 7-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Reglamenti 8-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti 9-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimiga mas’ul xodimning lavozim yo‘riqnomalari tasdiqlansin.
- Korrupsiyagaqarshiichkinazorattizimigamas’ulxodim (K.Bekmuratov) harchorakyakunibo‘yichavazirlikapparativatizimtashkilotlarirahbar-xodimlariishtirokidakorrupsiyaviyomillarhamdaodob-axloqqoidalariningbuzilishiholatlariyuzasidanrahbariyatmuhokamasigaaxborotkiritilishnita’minlasin.
- Qoraqalpog‘istonRespublikasiSuvxo‘jaligivazirligitasarrufidagitizimtashkilotlarirahbarlariga:
mazkur buyruqdan kelib chiqib 10 кип muddatda ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan shaxsan nazorat olib borish vazifasi yuklatilsin.
- Mazkurbuyruqningijrosininazoratqilishnio‘zzimmamdaqoldiraн.
Vazir B.Juzbayev