Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligida har haftaning payşanba kunini «Yoşlar kuni» sifatida ötkaziş doirasida «Rahbar va yoşlar» uçraşuvi taşkil etildi.
Unda vazirlik apparatida faoliyat yuritayotgan yoş xodimlar, şuningdek, videokonferensaloqa orqali tumanlardagi suv xöjaligi taşkilotlari rahbarlari va yoş mutaxassislar iştirok etdilar.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri B. Yusupov yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning kasbiy bilim va könikmalarini oşiriş, malakali kadrlar sifatida şakllanişi hamda sohadagi islohotlarda faol iştirokini ta’minlaş masalalariga töxtalib ötdi.

Oçiq muloqot davomida yoş kadrlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş, taşabbuslarini rağbatlantiriş va kasbiy ösişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
Şuningdek, zamonaviy bilim va texnologiyalarni özlaştiriş, öz ustida muntazam işlaş hamda yangi ğoyalarni ilgari suriş suv xöjaligi tizimini yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
Samimiy va oçiq muloqot ruhida ötgan uçraşuvda yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va taşabbuslarini ilgari surdilar.
Bunday uçraşuvlar yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy salohiyatini oşiriş va suv xöjaligi tizimida samarali muloqotni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Suv xöjaligi vazirligi Matbuot xizmati