Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida «Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni» munosabati bilan taqdirlangan sohasi vakillariga mukofotlarni tantanali topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev yig‘ilganlarni sana munosabati bilan tabriklab, joriy yil davomida yuqori natijalarga erishishda, mo‘l xirmon yaratishda qishloq va suv xo‘jaligi sohasining barcha bo‘g‘indagi xodimlarining mehnatlari alohida ekanligini ta’kidlab o‘tdi va mukofotlarni topshirdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining tegishli buyorug‘iga muvofiq taqdirlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Baxtiyar Yusupov, “Quanish jarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ishlab chiqarish yo‘nalishi xizmati bo‘limining muhandis-gidrotexnigi Maratjan Nurjanov “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Tajetdin Madireymov «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi», Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Mexanizatsiya bo‘limi boshlig‘i Sagidulla Serjanov “Ardaqli nuraniy”, ekskavatorchi Marat Smaylov «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishonlari, vazirlikning Kichik loyiha guruhi sho‘basi boshlig‘i Allambergen Xojabekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Suvchilarning fidokorona mehnatlarining bu e’tirofi ham Qoraqalpog‘istondagi barcha suvchilar mehnatiga berilgan baho va e’tibor deb bilamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati