Suv iste’molchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov Qo‘ng‘irot tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan ZOOM platformasi orqali ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot avvalida B.Yusupov joriy sug‘orish mavsumida respublikamiz, shu jumladan, Qo‘ng‘irot tumaniga yetkazilgan suv miqdorlari hamda ulardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir doirasida Suv xo‘jaligi vazirining sayyor qabuli ham o‘tkazilib, tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari  o‘zlarining murojaatlarini ham yo‘lladilar.

Jumladan, “Ush truba” fermer xo‘jaligi rahbari Q. Aymag‘anbetov, “Baxtli” fermer xo‘jaligi rahbari R.Eshbayev, “Qo‘narbay” fermer xo‘jaligi rahbari A.Useng‘aliyev, “Jahan” fermer xo‘jaligi rahbari Z. Saliyev va “Babajanov Oralbay” fermer xo‘jaligi rahbari O.Babajanovlar hududlardagi sug‘orish tarmoqlarini qazib tozalashda texnika ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Shuningdek, “Danyarov Aydar” fermer xo‘jaligi rahbari U.Daniyarov ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash uchun “SHNEK” nasos agregatini o‘rnatish va suvdan foydalanishda amaliy yordam berishni so‘radi.

 Qabul davomida har bir murojaat masalasi vazirlik hamda tumandagi suv xo‘jaligi mas’ullari ishtirokida muhokama etilib, vazir tomonidan barcha murojaatchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Qo‘ng‘irot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshlig‘i Sh.Djadigerov sug‘orish tarmog‘ini tozalashga texnika ajratish bo‘yicha qilingan murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha bugunning o‘zida ekskavator jalb etilishini ta’kidladi. Qolgan murojaatlar mas’ullar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etish uchun nazoratga olindi.

\

Muloqot davomida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov joriy yilning 31 oktabridan kuchga kirgan Suv kodeksiga bo‘yicha tushuncha berib, endilikda suvdan foydalanuvchilar nimalarga e’tibor berishlari zarurligi bo‘yicha keng turda tushuntirish berib o‘tdi. Bu borada ham suv iste’molchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

 

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati