O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning ommaviy turlarini keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoada sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida shaxmat, shashka, stol tennisi va qo‘l kurashi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalarda boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va irodasini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechgan bo‘lsa-da, ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat va sog‘lom raqobat muhiti saqlanib qoldi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. (Musobaqa g‘oliblari ro‘yxatini qoraqalpoq tilida o‘qish: https://krminwater.uz/29/08/2026/4729/)

Musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlari Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i N. Aralbaev hamda Boshqarmaning Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti rahbari B.Turdibaev tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan munosib taqdirlandilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga samimiy tilaklar bildirilib, jamoada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish borasida bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur sport musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bilan bir qatorda, mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va xodimlar o‘rtasida sport madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati