Nukus tumanida joylashgan “Quvanish-jarma” irrigatsiya tizim boshqarmasiga qarashli “Do‘stlik-1” gidrotexnika inshootida suvdan samarali foydalanish, gidrotexnika inshootlarini betalofat ishlatish va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.    Seminarda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Z.Irisboyev, inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi rahbarlari va mutaxassislari, “Quvanish-jarma” irrigatsiya tizim boshqarmasi boshlig‘i Q.Primbetov, “Suyenli”, “Kattagar-Bozatao‘” irrigatsiya tizim boshqarmalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.    …

Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tomonidan Amudaryo tumanidagi “Irzachi” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, uni tejash hamda nasos agregatlarini ta’mirlash masalalarini muhokama etishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga biriktirilgan mas’ul xodimi Sh.Ismailov, vazirlik mutaxassisi M.Xusenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining DXSH bo‘limi boshlig‘i YE.Davletyarov, mexanizatsiya bo‘limi boshlig‘i S.Serjanov hamda Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va…

Kegeyli tumanida suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrometriya hisob-kitoblarini takomillashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, amaldagi qonunchilik talablari, sohadagi mutaxassislarning vazifalari va mas’uliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. -Hozirda Suv kodeksini har-bir bandini suv yetkazib beruvchi tashkilotlar xodimlari hamda barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazish asosiy vazifalarimizdan…

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv xo‘jaligidagi ustuvor masalalar, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha haftalik grafik asosida shanba kuniga belgilangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish, yuridik xizmat va suv xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida suv xo‘jaligidagi ustuvor masalalar, shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi…

       Bugun Taxiatosh tumanidagi “Suenli” nasos stansiyasida “Nasos stansiyalari faoliyati, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i N.Aralbayev so‘z olib, nasos stansiyalarda olib borilgan ishlar, ya’ni nasos stansiyaga ajratilgan elektr energiyasini tejash, elektro dvigatellarni muntazam nazorat qilish va yangi zamonaviy energotejamkor qurilmalarni o‘rnatish hamda nasos agregatlari ta’mirini o‘z…

    Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qorao‘zak tumanida joylashgan “Marxao‘zak” nasos stansiyasida elektr energiyasidan samarali foydalanish, uni tejash, nasos agregatlarini ta’mirlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi mutaxassisi M.Xusenov, Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Aralbayev so‘z olib, qish mavsumida amalga oshiriladigan vazifalarga keng tushintirib o‘tishdi. Xususan, elektr energiyasidan samarali foydalanish,…

Taxiatosh tumanidagi «Amudaryo» HSXB Quyi daryo boshqarmasiga qarashli Taxiatosh gidrouzeli inshootida suvdan samarali foydalanish va gidrotexnik inshootlarni betalofat ishlatish va xavfsizdigini ta’minlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Z.Irisboyev so‘zga chiqib, gidroinshootlarning texnik holati, xavfsizligini ta’minlashga oid qonun va hukumat qarorlarining ahamiyati hamda ularni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi…

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi «Aq-oltin» OFY hududida joylashgan «Yakubova Gavqar» fermer xo‘jaligi dalasida soha mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda suv resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va soliq qonunchiligidagi yangiliklar muhokama qilindi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, Meliorativ ekspeditsiya mas’ullari, olimlar, fermer va boshqa suv iste’molchilari ishtirok etishdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston…