Bugun men uchun ham, mahallamiz ahli uchun ham unutilmas kun bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan ilk bor yuzma-yuz uchrashib, suhbatlashdik. Shu paytgacha davlatimiz rahbarini televideniye orqali ko‘rib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni kuzatib kelardik. Bugun esa u kishining mahallamizga kelib, odamlar bilan bevosita muloqot qilganiga guvoh bo‘ldim. Davlatimiz rahbarining xalq farovonligi, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya jalb etish borasidagi ishlaridan…
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuz mavsumining boshlanishi bilan suv xo‘jaligi tizimidagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, jumladan, suv xo‘jaligi obyektlari atrofidagi himoya zonalarida to‘qsonbosti ekinlarini ekish ishlari tashkil etilmoqda. Vazirlik tizimidagi qator tashkilot va muassasalarda bu boradagi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Yer maydonlariga piyoz, sarimsoqpiyoz, ismaloq, ko‘kat, kartoshka va boshqa sabzavot ekinlari ekilmoqda. Ayrim hududlarda issiqxonalar tashkil etish ishlari ham amalga…
Ўзбекистон Республикаси Сув хўжалиги вазири Шавкат Хамраев Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазирлигининг маъмурий биносида вазирлик ва тизим ташкилотларида фаолият юритаётган ёшлар билан учрашди. Унда Ўзбекистон Республикаси Сув хўжалиги вазири ўринбосари Рустам Қаршиев, «Сувхўжаликназорат» инспекцияси бошлиғи Рустам Раҳимов, Қорақалпоғистон Республикаси Сув хўжалиги вазири Бахтиёр Юсупов ҳамда соҳа ёшлари иштирок этди. Очиқ мулоқот руҳида ўтган учрашувда сув хўжалиги тизимида ёш кадрларни…
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining 2026-yil 28-avgustdagi «2026–2027-yillarning kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda mavsum davomida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 208-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda belgilangan nasos stansiyalarida nasos agregatlari, elektr dvigatellari va boshqa asosiy uskunalarning texnik holati o‘rganilib,…
Chimboy tumanida joylashgan “Tonmoyin” nasos stansiyasida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Unda nasos stansiyalari faoliyati samaradorligini oshirish, elektr energiyasidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, nasos agregatlarining texnik holatini nazorat qilish hamda mavsumiy tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Seminarda Boshqarmaning sektor rahbari Sagidulla Utemuratov ishtirok etib, nasos stansiyalari boshliqlari va ishchi-xodimlarga elektr energiyasini tejash, elektrodvigatellarni muntazam nazorat qilish, energiya…
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalarni chuqur o‘rganish, mavjud muammolarga ilmiy yondashuv asosida samarali yechimlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ilmiy-amaliy kuzatuvlar olib borilmoqda. Jumladan, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti (ISMITI) hamda uning huzuridagi Qoraqalpog‘iston mintaqaviy markazi olimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston meliorativ ekspeditsiyasi mutaxassislari ishtirokida 2026–2027-yillar kuz-qish davrida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarida…
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi tomorqa yerlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, sug‘orish tarmoqlarining samaradorligini oshirish maqsadida kanal va ariqlarni betonlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Ayni kunlarda Nukus tumani «Samanbay» OFY hududidan o‘tuvchi Aqmang‘it guzari yo‘li bo‘yida aholi tomorqa yerlariga oqar suv yetkazib beruvchi ariqni betonlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Obyektda ishlarni belgilangan muddatda yakunlash maqsadida zarur texnika va ishchi kuchlari jalb qilinib,…
Kechirasiz, bu matn faqat Qaraqalpaqsha tilida mavjud
Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 2 iyuldagi «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–122-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanov, Suv xo‘jaligi vazirligi, «Qoraqalpoqbaliq» uyushmasi mas’ullari hamda baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Kun tartibidagi mavzu yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi. Prezidentimizning «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga…
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchil davom etmoqda. Ayniqsa, Mo‘ynoq tumanida bu boradagi ishlar qizg‘in tus olgan. Tumandagi mavjud irrigatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish, suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Mo‘ynoq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Nursultan Babanazarovning ta’kidlashicha, kuz-qish davridagi…