Qo‘ng‘irot tumanidagi “Agro Fayz” fermer xo‘jaligida egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari R. Allabergenov, “Suenli” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi direktori Z. Ibragimov, Qo‘ng‘irot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori N.Tureev, shuningdek, Tazabirlik hududidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi xodimlari ishtirok…
Kechirasiz, bu matn faqat Qaraqalpaqsha tilida mavjud
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda – Qanliko‘l tumanida ham suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ishlari davom etmoqda, – deydi Qonliko‘l tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Asqar Sarsenbayev. – Joriy yilda tumanda 85 gektar paxta maydonlarida 4 komplekt egiluvchan quvur orqali sug‘orish texnologiyasini…
Kechirasiz, bu matn faqat Qaraqalpaqsha tilida mavjud
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–99-son Farmoni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni “Suvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Rustam Rahimov ochdi va boshqarib bordi. Tadbirda “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish” davlat muassasasi direktori Ravshan Sharopov, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi…
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga Jahon banki vakillari tashrif buyurdi. Tashrif doirasida «Milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish» loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Tashrif davomida Jahon banki vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining ko‘chirish va yer ajratish bo‘yicha mutaxassisi B. Usanov, monitoring…
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Yusupov tomonidan Beruniy tumanida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda vazirlik mas’ul xodimlari, tizim tashkilotlari hamda Beruniy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbariyati va sohaviy mutaxassislar ishtirok etdilar. Qabulda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mahalla faollari o‘z murojaatlari bilan mas’ullarga yuzlandi. Murojaatlar asosan suv ta’minotini…
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Zokir Ishpulatov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida bo‘lib, Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli “Suenli” nasos stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida hududda barpo etilayotgan quvvati 1000 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurilish jarayoni ham o‘rganildi. Mazkur loyiha nasos stansiyalarining energiya ta’minotini barqarorlashtirish,…
Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Qonliko‘l tumanida joylashgan “Bazarbay yab” nasos stansiyasida amaliy seminar tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining DXSH bo‘limi boshlig‘i M.Sarsenbayev hamda Qoraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan seminarda elektr energiyasidan samarali foydalanish va tejamkorlikni ta’minlash, 2026 yil sug‘orish mavsumi uchun ajratilgan suv limitlariga qat’iy rioya qilish, nasos stansiyalari agregatlarini…
Kechirasiz, bu matn faqat Qaraqalpaqsha tilida mavjud